Kirish Ro'yxatdan o'tish

Emiliano Martines Di Mariyaning o‘rnini bosadigan futbolchi haqida gapirdi

Emiliano Martines Di Mariyaning o‘rnini bosadigan futbolchi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines jamoadoshi Alexandro Garnacho haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Alexandro kamtar yigit. U mashg‘ulotlarda juda qattiq ishlaydi. Garnacho Argentina terma jamoasida o‘ynashni juda xohlaydi.

Bu bizning juda tez ko‘tarilgan yulduzimiz. O‘yin uslubi bo‘yicha u Anxel di Mariyaga juda o‘xshaydi.

U jamoamiz uchun muhim futbolchi bo‘lishi uchun hamma imkoniyatlarga ega", - deya Martinesning so‘zlarini keltiradi Goal.com portali.

18 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. Alexandro uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:26, 18.06.2023.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.