Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum - Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

La liga sarhisobi: Keskinlikdan mosuvo mavsum

La liga sarhisobi: Keskinlikdan mosuvo mavsum

Baho:
+ | -

La Liganing 2022|2023 yillar mavsumi ko‘pchilik kutganidek keskin va murosasiz janglarga boy tarzda o‘tmadi.

Chempionlik poygasining taqdiri ham muddatidan ancha avval hal bo‘ldi. Jahon chempionatidan keyin «Real» ochkolar borasida o‘rnidan jila olmay qoldi, «Barselona» esa o‘rtadagi farqni oshirdi. Lekin yodga olishga arziydigan voqealar faqat shu emas. Keling, mavsum yakunlari bilan tanishib chiqaylik.

Chempion: «Barselona»

YECHL ishtirokchilari: «Barselona», «Real», «Atletiko», «Real Sosyedad», «Sevilya»

YEL ishtirokchilari: «Vilyarreal», «Betis»

Konferensiyalar Ligasi ishtirokchisi: «Osasuna»

Quyi ligaga tushib ketganlar: «Valyadolid», «Espanyol», «Elche»

Mavsumning eng yaxshi jamoasi

Jahon chempionatidan keyin «Real»ning o‘yini juda pasayib ketdi. Buni jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tasdiqladi. Natijada muxlislar chempionlik unvoni uchun murosasiz keskin kurashni tomosha qilishdan mahrum bo‘ldilar. «Barsa» esa barqaror ishtirokni davom ettirdi. Yakuniy statistik ma’lumotlar shundan dalolat beradi - kataloniyaliklar mavsumni 28 g‘alaba, 4 durang va 6 mag‘lubiyat bilan yakunladilar, madridliklarda esa g‘alabalar soni 4taga kamroq, mag‘lubiyatlari 2taga ko‘p. Garchi «ko‘k, anor ranglilar» ham doimo sifatli o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lishsada, ustunlikni saqlay oldilar. Qolaversa, g‘olibni muhokama qilmaydilar. «Barselona» - mavsumning eng yaxshi va barqaror jamoasi.

Eng yaxshi to‘purar

La Liganing peshqadam snayperi unvoni Robert Levandovskiga nasib etdi. Polshalik sermahsul hujumchi La Liga doirasida 23ta gol urdi. Hozir «Real»ni tark etgan Karim Benzema 19 gol bilan ikkinchi natijani qayd etdi. Undan 3ta ozroq golni rasmiylashtirgan «Espanyol» to‘purari Xoselu yetakchi uchlikdan joy oldi. E’tiborli jihati shundaki, polshalik to‘purar notanish chempionatga moslashish uchun adaptasiyaga ehtiyoj sezmadi, Kataloniya klubidagi ilk mavsumidayoq 20tadan ko‘proq gol urdi. Robert hozir 34 yoshda, biroq yangi mavsumda ham hozirgidek sermahsul to‘p surishi uchun asoslar yetarli.

Eng yaxshi assistent

La Liganing yetakchi assistenti unvoniga raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan Antuan Grizmann sazovor bo‘ldi. «Atletiko» hujumchisi 16ta samarali uzatmani amalga oshirdi. U 2 xonali raqamdagi yagona assist sohibi. 2-o‘rinni band etgan «Real Sosyedad» vakili Mikel Merino va «Real» vingeri Vinisiuslar hisobida 9tadan assist bor. Uning jamoadoshi Rodrigo 8ta samarali uzatma muallifi. Qadrdon klubiga qaytgani Antuan uchun omadli bo‘ldi. Garchi fransuz birdaniga yorqin o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsada, hozir «matraschilar» yetakchilaridan biri.

Eng yaxshi darvozabon

Mark-Andre ter Shtegen haqli ravishda yuksak unvonga loyiq topildi. «Barsa» posboni 26 uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minladi. 2-o‘rinni egallagan «Real Sosyedad» kiperi Aleks Ramiro hisobida 15ta «quruq» o‘yin bor. «Xetafe» posboni David Soria (13) yetakchi uchlikdan joy oldi. Umuman, ter Shtegen mavsumni ishonchli o‘tkazdi va ilk bora har bir o‘yinda o‘rtacha eng oz to‘p o‘tkazib yuborgan darvozabon uchun ta’sis etilgan «Samora» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Mavsum rekordi

Bu yuksak unvon ham ter Shtegen va «Barselona»ga tegishli. 26ta «quruq» o‘yin bilan jamoa «Deportivo»ning rekordini takrorladi. Agar so‘nggi turda jamoa «Selta»dan gol o‘tkazib yubormaganida, mutlaq rekordni o‘rnatardi. Yuksak natijada Mark-Andrening hissasi katta bo‘ldi, La Liga tarixidan joy olgan 26 «quruq» o‘yinning barchasida darvozani u qo‘riqladi.

Mavsumning eng yaxshi qarori

Ortda qolgan mavsumning asosiy qismini «Sevilya» beqaror o‘tkazdi. Yevrokubok musobaqalarida ishtirok etgan jamoa o‘zining suyukli YEL turniriga qaytdi. Lekin ichki chempionatdagi ishlari talab darajasida emasdi. Oxir-oqibat, «roxiblankos» autsayderlar safiga tushib qoldi, rahbariyat avval Lopetegini, keyin Sampaolini iste’foga chiqardi, mart oyida Xose Luis Mendilibar bosh murabbiy etib tayinlandi. Ehtimol, bu ilojsizlik oqibatida yuzaga kelgan o‘zgarishdir, ammo u aynan «Sevilya» uchun manfaatli qaror bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy rahbarligida jamoa 12 uchrashuvning 6tasida g‘alaba qozondi. Eng asosiysi, Mendilibar jamoa bilan YELda zafar quchdi, 12-o‘rinni egallagan jamoa nufuzli sovrin va YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mavsumning eng omadsiz jamoasi

Mavsumdagi eng noxush pasayishni «Valensiya» qayd etdi. Atigi 4 yil avval YECHLda to‘p surgan jamoaning ichki chempionatdagi ishtiroki keskin pasayib ketdi: 2 marta 9-chi va 1 marta 13-o‘rinlar. So‘nggi mavsumni «ko‘rshapalaklar» autsayderlardan 2 ochko o‘zgan holda 16-o‘rinda yakunladilar. Elitada jon saqlab qolganlar orasida faqat «Almeriya» ulardan yomonroq ko‘rsatkichni qayd etgan. Qisqasi, «Valensiya» tub islohotlarga muhtoj - jamoa tarkibida ham, rahbariyatda ham. Biroq klub prezidenti Piter Lim bu o‘zgarishlarga qo‘l urishiga ishonish qiyin. Jamoa jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda, vaziyatni o‘nglashi mumkin bo‘lgan omillar esa, hozircha ko‘rinmayapti.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:48, 22.06.2023.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.