Hujumchi Romelu Lukaku 2022/2023 yilgi mavsumni “Inter”da ijara asosida o‘tkazdi. Belgiyalik futbolchi Milanda qolishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq jurnalisti Antonio Vityelloning xabar berishicha, “rossonerilar” vakillari allaqachon Lukaku vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazishgan. 30 yoshli o‘yinchining "Chelsi"dan "Milan"ga o‘tishi uchun u maoshini kamaytirishi kerak.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "Milan" uchun Markus Tyuram hujum chizig‘idagi ustuvor nomzod hisoblanadi.
2022/2023 yilgi mavsumda Lukaku 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.