Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Liverpul"ning 2017 yildagi xaridlari: ular ichida eng zo‘ri – Saloh. Qolganlarichi?

"Liverpul"ning 2017 yildagi xaridlari: ular ichida eng zo‘ri – Saloh. Qolganlarichi?

Baho:
+ | -

Hozir buni eshitish g‘alati va kulgili tuyular, ammo Saloh 2017 yilning yozida "Liverpul"ga olib kelinadi va ko‘pchilik bunday hayron qoladi. Negaki, odamlar uning mersisayd klubida muvaffaqiyat qozonishiga ishonmagan edi. "Chelsi"da yetarlicha imkonga ega bo‘lmaganidan keyin, misrlik futbolchi "Roma"ga yo‘l oladi. U yerda o‘zini ko‘rsatgach, Saloh Klopp jamoasiga jalb etiladi. Saloh xaridi, o‘shanda qilingan to‘rt transferning biri edi. Muhammad Saloh shundan beri "Liverpul"ning to‘purari, barcha davrlardagi eng yaxshi xaridiga aylandi. Quyida Saloh bilan jamoaga kelgan futbolchilar va ularning taqdiriga nazar solamiz.

Dominik Solanke

Saloh kelganidan 9 kun o‘tib, "Chelsi"dan yana bir futbolchi olib kelindi. Salonke London klubidan 3 million funtga xarid qilingan edi. Hujumchi bildirilgan ishonchlarni oqlay olmaydi. Uning jamoadagi ilk goli mavsum so‘nggida, "Brayton"ga qarshi uriladi. Shunday bo‘lsada, bu transferdan nolish kerak emas. Negaki, 2019 yilda "Liverpul" Solankeni 19 million funt evaziga "Bornmut"ga pullaydi. 24 yoshli yulduz "olchalar" safida hozirga qadar 30 ta gol urgan. Uning harakatlari bilan "Bornmut" APLga chiqqandi. U o‘tgan mavsumda 7 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qildi.

Endryu Robertson

Shotlandiya terma jamoasi a’zosi "Enfild"ga kelgan navbatdagi mehmon bo‘ladi. U 8 million funt evaziga "Xall Siti"dan olib kelingan edi. Vaqt shuni ko‘rsatdiki, Robertson suv tekinga sotib olingan ekan. "Manchester Siti" bilan kurashda u "Liverpul"ga katta yordam berdi. Robertson mersisaydda mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Qanot himoyachilar ichida APLning eng ko‘zga ko‘ringani Endryu Robertsondir.

Aleks Oksleyd-CHeymbrlen

Garchand Aleks ham yuqorida qayd etilgan sovrinlarga ega chiqqan bo‘lsa ham, u Robertsonchalik jamoaga yordam bera olmadi. Ingliz hujumchisi "Arsenal"dan 35 million funt evaziga sotib olinadi. Oksleyd-CHeymbrlen o‘z potensialidan yetarlicha foydalana olmadi. Bunga esa uning jarohatlari sabab bo‘lgandi. Yaqindagina 29 yoshli futbolchi erkin agent sifatida Klopp jamoasidan ketdi. U endilikda o‘ziga yangi klub qidirishi kerak.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:01, 24.06.2023.
O'qildi: 3530 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик