Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superkompyuter APL tarixidagi eng omadsiz xaridlarni baholadi

Superkompyuter APL tarixidagi eng omadsiz xaridlarni baholadi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasidagi eng yomon transferlar qaysi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sun’iy ong bunda bizga yordam beradi. Maxsus algoritm asosida ishlaydigan dastur futbolchilarni turlicha kategoriyalar asosida baholab chiqdi va ular ichidan eng yomon o‘ntasini tanlab oldi. Omadsiz xaridlar sarflangan pul, harakat qilingan davr, qoldirilgan taassurot, shaxsiy talant va ko‘rsatilgan natijalarga qarab belgilandi. Quyida ularning kimligiga e’tibor beramiz.

"Arsenal"ning rekord xaridi bo‘lgan Nikolya Pepe 2019 yilda 72 million evaziga "Lill"dan olib kelinadi. U jami 116 ta o‘yinda 16 tagina golga mualliflik qildi. O‘tgan mavsum hujumchi uchun "Nissa"da ijara asosida kechgan edi.
Ro‘yxatdan ikkita ingliz futbolchisi ham joy olgan: Endi Keroll va Denni Drinkuoter. Xususan Kerollning "Liverpul"ga ko‘chishi o‘ta omadsiz bo‘lgandi. Hujumchi mersisaydliklar safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 6 tagina gol urgan xolos. U "Vest Xem"ga yo‘l olib, u yerda 7 yil faoliyat yuritadi.
Ikkinchi qahramonimiz Drinkuoter esa "Chelsi" tomonidan 35 million funtga olib kelingandi. Afsuski, yarim himoyachi londonliklar bilan faqat 23 ta o‘yinda qatnashib, qolgan vaqtini ijaralarda o‘tkazdi.
O‘ntalik ro‘yxatdan "Chelsi"ning boshqa transferlari ham o‘rin olgan. Masalan, Fernando Torres. U 2011 yilda "Liverpul"dan olib kelinadi. Keyingi nom Vinston Bogarde. U 4 yil "Chelsi" bilan bo‘lib, atigi 12 ta o‘yinda jamoaga yordam bergan.

Yaqindagina "Chelsi"dan ketgan Tyemoe Bakayoko ham omadsiz yurishlardan biri. U bir paytlar ne umidlar bilan 40 millionga sotib olinadi.
"MYU"ning Pol Pogba ishi ham omadsiz xaridlar ichida keladi. Pogba 4 yildan keyin klubni erkin agent sifatida tark etgandi. Shuningdek, "qizil iblislar"ning Aleksis Sanches va Xuan Veron xaridlari ham ro‘yxatda keltirilgan. Qolaversa, "Sautgempton"ning Ali Diani sotib olishi ham omadsizlar ichida zikr etilgan. Shu bilan kuchli o‘nlik tugaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:36, 25.06.2023.
O'qildi: 4782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик