"MYU"da yettinchi raqamdan Ronaldudan keyin hech kim foydalanmayapti. Shu sabab ushbu raqam 2022 yilning noyabridan beri bo‘sh turibdi.
Yangi mavsum uchun jamoa muxlislari ijobiy kayfiyatda yetib boradi. Negaki, Erik ten Xag qo‘l-ostida anchagina talantli, yorqin yulduzlar yig‘ilib qoldi. Ulardan bir Ronaldu qoldirib ketgan raqam egasiga aylanadi. Quyida ushbu katta mas’uliyatni kimlar olishi mumkinligiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Antoni
"Manchester Yunayted"ning Antoni borasidagi harakatlari 82 million funtga tushadi. Ha, u yaxshi vinger. Ammo u hech qachon o‘zi olingan narxga loyiq bo‘lmagan. Siz katta pulga futbolchi, ayniqsa, hujumchi xarid qilayotganingizda, uning to‘purar bo‘lishiga umid qilasiz. Afsuski, Antoni borasida "MYU"ni omadi kulgan deya olmaymiz. Braziliya terma jamoasi a’zosi Angliyaga kelganidan beri faqatgina 8 ta gol urdi. Bu esa kutilgan darajadan ancha pastdir. Masalaning yaxshi tomoni shundaki, Antoni hali ham 23 yoshda va bu uning "MYU"dagi ilk mavsumi edi xolos. Ammo uni yettinchi raqamga qanchalik loyiqligini bila olmaymiz.
Jeydon Sancho
Statistik jihatdan olib qaraganda, o‘tgan mavsum Sancho uchun yomon kechmadi. Hujumchi 26 ta o‘yinda 6 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qildi. Afsuski, bu borada ham haqiqatni aytishimiz kerak. Fakt shuki, 72 millionga tushgan vinger, 2021 yildan beri o‘zidan kutilgan natijani bermadi. 22 yoshli futbolchi hali ustida ko‘p ishlashi kerak. U "MYU"ga kelganida yettinchi raqam Edinson Kavanida edi. Kavani esa uni Ronalduga tortiq qiladi. Hozir Sancho uchun bo‘shab qolgan raqamni olish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin.
Alexandro Garnacho
Garchand "Manchester Yunayted"da hech qachon asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmagan bo‘lsada, Garnacho hozir yettinchi raqamga asosiy da’vogardek ko‘rinmoqda. Xabarlarda klub mashhur raqamni 18 yoshli futbolchiga berishni ko‘rib chiqayotgani aytiladi. Argentinalik bo‘lsa ham, hujumchi Ronaldu muxlisi ekanini yashirmaydi. Balki Portugaliya sardorining merosi unga tegar. Bunisini vaqt ko‘rsatadi.
Hech kim
"MYU" bu borada qarorga qilishga shoshmasligi lozim. Ko‘pchilik mutaxassislar yuqorida nomlari yangragan futbolchilarni yettinchi raqam uchun munosib emas deb hisoblamoqda. Haqiqatdan ham Sancho va Antoni yetarlicha o‘zini ko‘rsata olmadi. Garnachoga ham hali ertadek ko‘rinmoqda. "MYU" yana hujumchi uchun katta pul sarflaydi. Balki keladigan yulduz yettinchi raqamni o‘ziniki qilar? Bu masalani vaqt hukmiga tashlaymiz.
ISMATOV J.