Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 21:00 As-Sadd - Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis - Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Barselona"ning 2007 yilgi xaridlari: ulardan biri afsonaviy Anri, qolganlarichi?

"Barselona"ning 2007 yilgi xaridlari: ulardan biri afsonaviy Anri, qolganlarichi?

Baho:
+ | -

2007 yilning yozida Tyerri Anri o‘zining sakkiz yillik "Arsenal"dagi faoliyatini yakunlab, "Barselona" safiga yo‘l oladi. Sobiq fransuz hujumchisi Angliyani "Arsenal"ning eng yaxshi to‘purari sifatida tark etadi. Bunga Arsen Vengerning murabbiylik kursisi qimirlab qolgani sabab bo‘ladi. Bu haqida futbolchining o‘zi 2015 yilda shunday degandi: "Men hech qachon "Arsenal"dan ketaman deb o‘ylamagandim. 2007 yili 29 yoshda edim. Sport formam joyida bo‘lgan. Shunchaki, Arsen Venger jamoada qoladimi yoki yo‘q, shuni bilmasdim. Oqibatda, "Barselona"ga ketdim".
Anrining kelishi Gvardiola jamoasining oltin davrini boshlab berdi. 2009 yilda kataloniyaliklar kalendar yilini naq oltita sovrin bilan yakunlaydi. "Barselona"dagi so‘nggi mavsumida, Anri jami 49 ta gol bilan tugatgan edi. Shundan so‘ng, 2010 yilda u "Nyu-York Red Bulls" safiga yo‘l oladi.
Anri masalasini tushundik. Ammo u bilan 2007 yilda olib kelingan boshqa futbolchilar ham bor edi. Ular kim va taqdiri ne kechdi? Quyida shu savolga javob olasiz.

Yaya Ture

Ture "Monako"dan olib kelinadi. Sobiq himoyachi uch mavsum jamoada harakat qilgan bo‘lib, Gvardiolaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynagan. 2009 yildagi YECHL finali Turening unutilmas davrlaridan biri edi. U Kataloniya klubi safida 100 dan ortiq bahsda maydonga tushgan. Ammo so‘nggi paytda Gvardiola bilan orasi buziladi. Bu haqida futbolchining o‘zi shunday degandi: "Men Gvardioladan nimadir so‘rasam, doimo g‘alati javoblar olardim. Buning sababini tushuna olmas edim. Oxir-oqibat klubdan ketishga majbur bo‘ldim. Shundan keyin bir davomida Gvardiola bilan gaplashmadik".
Yaya Ture APLda "Manchester Siti" bilan yana zafarli onlarni boshdan kechirgandi.

Erik Abidal

Abidal "Lion"dan xarid qilinadi. Qanot himoyachisi "Barsa"dagi olti mavsumida ikki bor YECHLda, 4 marta esa La-ligada tengsiz deb topilgan. Afsuski, shunday futbolchi 2011 yilda jigar saratoniga uchrab, jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘lgan edi. Bir necha oy o‘tib, Abidal yana futbolga qaytadi. U "Barselona" bilan 2011 yilda YECHL finalida "MYU"ni taslim etgandi.
Himoyachi 2012 yilda jigarini almashtiradi. Shundan keyin ham Abidal yana maydonga qaytib, 2013 yilning aprelida "Malyorka" bilan o‘yinda ishtirok etgan. Shunday qilib, bir muddat Yevropada hukmron bo‘lgan Gvardiola jamoasida Erik Abidal muhim rol o‘ynagandi.

Gabriel Milito

2007 yilda Milito "Real Saragosa"dan olib kelinadi. U kataloniyaliklar libosini kiygan, tarixdagi yigirmanchi argentinalikka aylanadi. Milito debyut mavsumida 27 ta o‘yinda maydonga tushadi. Afsuski, yangi mavsumdagi tizza jarohati himoyachini zaxiraga mixlab qo‘yadi. Shu sabab, Milito o‘zini ko‘rsata olmay, asosiy tarkibga kirishga ancha qiynaladi. 2011 yilda sobiq Argentina terma jamoasi a’zosi ilk klubi bo‘lmish "Independyente" safiga qaytadi. Gabriyel Milito to‘rt yil ichida "Barselona" bilan 10 ta titulga erishgandi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:19, 27.06.2023.
O'qildi: 2942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.