Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Artur Meloga Premyer-liganing 3 klubi qiziqish bildirmoqda

Artur Meloga Premyer-liganing 3 klubi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalikning xizmatlariga Angliya Premyer-ligasining uch klubi qiziqish bildirmoqda. Ayni damda yarim himoyachini "Brayton", "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari kuzatib borishmoqda.

Manbaning qayd etishicha, "Brayton" allaqachon futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan, biroq darhol muammoga duch kelgan. Meloning "Yuventus"dagi maoshi 18 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda - bu "chaykalar" uchun katta summa.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi mavsumda Melo "Liverpul"da ijara asosida o‘ynagan edi. Shu bilan birga, u Chempionlar ligasining faqat bir uchrashuvida maydonga tushdi. Braziliyalik futbolchining transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 21:24, 27.06.2023.
O'qildi: 1827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик