Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Futzal bo‘yicha JCH oldidan FIFA va O‘FA vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Futzal bo‘yicha JCH oldidan FIFA va O‘FA vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. FIFA ekspertlari poytaxtimiz va bir nechta viloyatlarda bo‘lib, infratuzilmalarni o‘rgandi. Bugun FIFA mutaxassislari va O‘FA rahbariyati ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanni O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berdi.

— Avvalambor barchangizni Qurbon hayiti bilan hamda Siz jurnalistlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Yurtimizda yana bir bayram — xalqimiz va futzalchilarimizni orzusi hisoblangan mundial shukuhi kezib yuribdi.

O‘zbekiston so‘nggi yillarda bir qator nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib, ko‘plab tajriba orttirdi. Bu esa 2024 yilgi futzal bo‘yicha JCHga O‘zbekistonning mezbonlik qilish imkoniyatini oshirdi, deya olamiz. Qayd etish kerak, bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Mamlakatimizda davlatimiz rahbarligida sportga katta e’tibor berilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino yurtimizga tashrifi davomida davlatimiz rahbari bilan uchrashib, O‘zbekiston yirik turnirlarni o‘tkazish, mezbonlik qilishga ishtiyoqi yuqori ekanligi, mamlakatimizda so‘nggi yillarda ko‘plab sohalar singari sportga ham e’tibor va yondashuv o‘zgarib borayotganini qayd etdi.

Biz avvalgi yillar davomida musobaqalar geografiyasini hududlarga ham ko‘chirdik. Qashqadaryo, Namangan, Farg‘onada bir qancha xalqaro o‘yinlar o‘tdi. Bu esa viloyatlarda infratuzilmalarni rivojlantirish, mutaxassislarni xalqaro tajribasini oshirishga xizmat qildi, desak bo‘ladi. Yurtimizda futzalga berilayotgan e’tibor, milliy chempionatimiz va undagi sog‘lom raqobat ham futzal bo‘yicha Jahon chempionatini yurtimizda o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi, desak bo‘ldi.

Shundan so‘ng O‘FA qoshidagi futzalni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Jahongir Usmonov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

— Xalqaro musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha bizda tajriba bor. Biz Osiyo chempionatlariga mezbonlik qildik. Lekin, bilasiz, Jahon chempionati boshqa daraja va unga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

FIFA vakillari bilan dastlabki inspeksiya ishlarini olib bordik. Hududlarning imkoniyatlarini o‘rgandik.

Oldimizda ishlarimiz ko‘p. Bu sohani ichidagi barcha — futzalchi, murabbiy, mutaxassislar va OAV vakillari birgalikda harakat qilib, ushbu Jahon chempionatini ham yuqori saviyada o‘tkazishimizga ishonaman.

FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Haime Yarza Gonzalez inspeksiya natijalariga to‘xtalib o‘tdi:

— 2024 yilgi Jahon chempionati mezboni etib O‘zbekiston variantida to‘xtadik. Chunki yurtingiz ko‘plab musobaqalarni ajoyib ravishda o‘tkaza oldi. Barchamiz buni guvohi bo‘ldik. O‘zbekistonning xalqaro turnirlarni o‘tkazish tajribasiga tayanib, ushbu sport turini yurtingizda yanada ommalashtirish yuzasidan bu qarorga keldik.

O‘zbekistonga kelishdan oldin ko‘p narsa kutgandik. Har bir shaharda futzalga bo‘lgan qiziqishdan mamnun bo‘ldik. Fursatdan foydalanib, bugungi anjumanda ishtirok etayotgan O‘zbekiston futzal MTJga Jahon chempionatida omad tilayman.

Ushbu tashrif davomida janob Ravshan Ermatov va Jahongir Usmonov bilan birgalikda beshta shaharda — Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Buxoroda bo‘ldik. U yerdagi maydonlar, mashg‘ulot zallari va mehmonxonalarni o‘rganib chiqdik. Endilikda O‘FA vakillari bilan ushbu inspeksiya natijalarini tahlil qilamiz hamda yakuniy qarorimizni e’lon qilamiz.

Bu O‘zbekiston uchun nafaqat o‘zining futzal imkoniyatlarini namoyish etish, balki Yangi O‘zbekistonni ham dunyoga yana bir bor ko‘rsatish imkoniyati, desa ham bo‘ladi. Chunki ushbu mundial butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladi, uni millionlab odamlar tomosha qiladilar, bundan tashqari yurtingizga ko‘plab mamlakatlardan ishqibozlar tashrif buyuradi.

O‘zbekistondagi Jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun oldimizda vaqt bor va albatta qiladigan ishlarimiz ham ko‘p. O‘ylaymanki, mahalliy tashkiliy qo‘mita bilan birgalikda FIFA Jahon chempionatini ham yuqori saviyada o‘tkazamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:48, 30.06.2023.
O'qildi: 1965 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.