Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Andijon»: birinchi davrada kim nechta gol urdi?

«Andijon»: birinchi davrada kim nechta gol urdi?

Baho:
+ | -

29 iyun kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi Superliganing qoldirilgan 8-turida maydonga tushgan "Andijon" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shundan so‘ng qisqa tanaffusga chiqdi. Chunki o‘sha uchrashuvdan keyin “Andijon” uchun birinchi davra yakunlandi.

Endilikda muxlislarni qiziqtiradigan ayrim statistik ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashish uchun qulay fursat paydo bo‘ldi. Bugun birinchi davrada jamoa safida kimlar gol urganiga to‘xtalmoqchimiz.

Hammaga yaxshi ma’lumki, “Andijon” safida porlayotgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay o‘z o‘yini va gollari bilan Superligani “yondiryapti”. U Superligada 9 ta gol urib “Paxtakor” hujumchisi Dragan Cheran bilan birgalikda to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilyapti.

Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, Superligada birinchi davradan keyin eng ko‘p gol urgan futbolchi aynan Rubin Xebay bo‘ldi! Chempionat va Kubok doirasida hammasi bo‘lib raqiblar darvozasini 11 marta ishg‘ol qildi, Superligadagi futbolchilardan hali hech kim Xebaychalik ko‘p gol urgani yo‘q. Demak, bu borada Rubin mutlaq tengsiz! U ketma-ket 8 ta o‘yindan beri gol urib kelyapti. Qo‘shimchasiga yana 2 ta assisti ham bor.

Endi “Andijon” safida birinchi davradagi gol mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yodingizda bo‘lsa, ilk golni yarim himoyachi Sardor Abdunabiyev 1-turda Qarshida “Nasaf” darvozasiga kiritgan va uning supergoli mart oyining eng chiroylisi deb tan olingan. Xullas, Abdunabiyev boshlab bergan gollar seriyasini “Paxtakor” bilan bahsda Xebay tugatib berdi.  

“Burgutlar” ortda qolgan mavsumning birinchi yarmida 21 ta gol urishdi. Shundan 15 tasi chempionat va qolgan 6 tasi Kubok uchrashuvida kiritildi (“Olimpiya”ga 6 ta gol urilgan).

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Xebayning hisobida 11 ta gol bor. Qolgan 10 ta gol 8 nafar futbolchi hisobiga yozilgan. Ilhom Alijonov va Suhrob Berdiyevda 2 martadan gol urishgan. Abdunabiyev, Mamatkazin, Arveladze, Farhodov, Sohibjonov va Azimov 1 tadan golga mualliflik qilishdi.

Xullas, birinchi davrada “Andijon”ning gol urish borasidagi samaradorligi ijobiy tus olgan. Har holda birinchi davrada jamoa 13 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 15 ta gol urdi. Ishonamizki, ikkinchi davrada ham gol urish borasidagi sermahsulligini davom ettira oladi.

Birinchi davrada gol urgan futbolchilar:

Rubin Xebay - 11
Ilhom Alijonov - 2
Suhrob Berdiyev - 2
Sardor Abdunabiyev - 1
Ildar Mamatkazin - 1
Levan Avreladze - 1
Bobur Farhodov - 1
Farhod Sohibjonov - 1
Sardor Azimov - 1.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 09:23, 03.07.2023.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.