Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ilyosjon Qurbonov: «So‘nggi nuqtani qo‘yadigan o‘yinchi topilmadi»

Ilyosjon Qurbonov: «So‘nggi nuqtani qo‘yadigan o‘yinchi topilmadi»

Baho:
+ | -

Superliga 8-turning qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida «Turon» bilan durang qayd etgan «Metallurg» jamoasi yordamchi murabbiyi Ilyosjon Qurbonov jamoasiga nima etishmagani, bosh murabbiy, maydonga tusha olmagan futbolchilar va kelgusi rejalar haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Bugun qiyin o‘yini kechishini bilgandik. Raqib uchun ham bu hayot-mamot bahsi edi. Shu bois, bahs ancha qiyin kechdi. Bugun bizga so‘nggi nuqtani qo‘yadigan o‘yinchi etishmadi. Birinchi bo‘lib gol urib olganimizda o‘yin boshqacha tarzda kechardi. Ammo, buni uddalay olmadik. Balki yigitlarga mahorat etishmagandir, bilmayman”, - dedi murabbiy.

“Bugun o‘yinga tusha olmagan futbolchilarning o‘rni bilindi deb ayta olmayman. Ularning o‘rni bilinmadi. Tarkibda boshqa futbolchilar ham bor. Ularda ham etarli tajriba bor”.

“Ikkinchi davraga boshqa kayfiyatda tayyorgarlik ko‘ramiz. Ikkinchi davra boshida biz «Neftchi» va «Navbahor» kabi kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushamiz. Har o‘yinda gol o‘tkazib yuborayapmiz, shuning uchun himoyani mustahkamlashimiz kerak”.

“Mavsum oralig‘ida jamoani kuchaytirishimiz kerak. Bu borada rahbariyat ishlayapti. Ikkinchi davrada ikkita-uchta chiziqlarga yangi futbolchilar olishni rejalashtirayapmiz. Himoyada oqsayapmiz va shu bois aynan shu chiziqqa futbolchi olishimiz kerak”.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:12, 04.07.2023.
O'qildi: 1490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик