"Fiorentina" yulduzi Sofyan Ambrabat "MYU" bosh murabbiyi Erik ten Xag haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Men uchun o‘tmishda u muhim o‘rin tutgan. Birinchi kundan boshlab men bilan ten Xag alohida ishlay boshladi. Uning futbolchilarga munosabatiga qoyil qolganman. 18-19 yoshli futbolchi uchun bu narsalar kutilmagandek tuyuladi. Men undan ko‘p narsani o‘rganganman".
2017 yilda ularning har ikkisi "Utrext"dan ketgandi.