Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Hammasiga Neymar sababchi, nima?

Hammasiga Neymar sababchi, nima?

Baho:
+ | -

«F-1» rahbariyati Neymar tufayli musobaqaning elit mehmonlari oldiga cheklovlar joriy qilmoqchi.

Qiziq, braziliyalik futbol yulduzining qanday xatti-harakati shunday chora ko‘rilishiga olib kelmoqda? Hammasi oddiy: u poyga yo‘lida me’yoridan ko‘p turib qoldi...

«Formula-1» turnirining oxirgi 2 yilda butun dunyoda keng ommalashgani Gran-pri elit mehmonlari oqimi kuchayishiga olib keldi. Endilikda poygaga bosh suqish xuddi kino olamida qizil gilam ustiga chiqish kabidir. Deylik, ayniqsa, Ispaniya Gran-prisida mashhurlarning katta guruhi ko‘rinish berdi. Hattoki, futbolchilar guruhi Barselonada CHL finali uchun to‘plangandek taassurot uyg‘otdi. Qolaversa, Shakira, tennis malikalari va boshqa mashhur shaxslar ham «F-1» mehmonlari qatoridan joy olishdi. Biroq...

Xalqaro avtomobil federasiyasi (XAF) va «F-1» bayonotiga ko‘ra, avtosport bo‘yicha Yuqori kengashning oxirgi yig‘ilishida Gran-priga elit taklifnomalar sonini qisqartirish va start chizig‘ida turish qoidalarini kuchaytirish masalasi muhokamaga qo‘yildi. «Ispaniya Gran-prisida Neymar bilan bo‘lgan voqeadan tegishli xulosa chiqarishimiz kerak», - dedi XAF prezidenti Muhammad bin Sulayim. «Formula-1» rahbari Stefano Domenikali esa bunday holat takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi. Muammo faqat «Formula-1» emas, balki «Formula-E», poyga bo‘yicha jahon chempionati va boshqa seriyalarga ham bog‘liq. Ta’kidlanishicha, start chizig‘i ustida haddan ko‘p odam to‘planishi XAFning xavfsizlik qoidalariga mutlaqo ziddir. Neymarning «ayb» harakatiga kelsak, u isitish davrasi uchun signal berilganidan keyin ham trassadan chiqib ketmadi va poygachilar yonida qoldi. To‘g‘ri, ispaniyalik rassom ayol va xonanda Rosaliya ham hududdan tezroq chiqishni xayollariga keltirishmadi, ammo aynan Neymar hammaning e’tibor markazida edi. Qolaversa, reportyorlar ham asosan futbol yulduzini suratga olishgan.

To‘g‘ri, o‘tgan yili ham bunday holatlar kuzatilgan, faqat bunga alohida e’tibor qaratilmagan. Chunki Neymar yo‘q edi... Bolidlarning start chizig‘iga yaqinlashishi isinish davrasi boshlanishi belgisi hisoblanadi. Bir qarashda, tashvishlanadigan hech nima yo‘qdek, lekin xavfsizlik masalalarini unutmaslik lozim. Qiziq, elit taklifnomalar soni kamaytirilishi mashhurlarning Gran-priga oshiqishlariga qanday ta’sir qilarkin?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:45, 04.07.2023.
O'qildi: 2916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик