Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" vingeri turk klublari nishoniga aylangan

"Barselona" vingeri turk klublari nishoniga aylangan

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchisi Aleks Kolyado faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Kataloniya klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o‘z tarkibini qisqartirishga majbur, 24 yoshli futbolchi esa klub xayrlashmoqchi bo‘lganlardan biri. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Turkiyaning "Beshiktosh" va "Antalyaspor" klublari Kolyado bo‘yicha takliflar berishga tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi Ernandes yangi mavsumda ispaniyalik vingerni rejalariga kiritmagan.

Aleks Kolyado 2010 yildan buyon “Barselona” tizimida to‘p tepadi, biroq asosiy jamoa tarkibida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 3 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 11:20, 05.07.2023.
O'qildi: 1619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.