Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Benfika" di Mariyani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

"Benfika" di Mariyani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Lissabonning "Benfika" klubi yaqinda Turinda "Yuventus"ni tark etib, erkin agentga aylangan yarim himoyachi Anxel di Mariya bilan shartnoma imzolaydi. Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, tomonlar transferning barcha shartlarini kelishib olgan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Benfika" ayni damda Di Mariya transferini rasman e’lon qilishga va futbolchining taqdimot marosimini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, Anxel 2010 yilning yozida "Real"ga o‘tgunga qadar Lissabon klubida o‘ynagan edi.

Di Mariya o‘tgan mavsumda "Yuventus" safida A Seriyada 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:09, 05.07.2023.
O'qildi: 1538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик