Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kuala Lumpur shahrida OFK Hakamlar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi

Kuala Lumpur shahrida OFK Hakamlar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar bermoqda. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari, xususan, O‘FA birinchi vise-prezidenti, OFK Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, unda Osiyo Futbol Konfederasiyasining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan va jahon standartlariga asoslangan Osiyoning hakamlik tamoyillari yana bir bor tasdiqlandi. Hani Taleb Al Raisi boshchiligida Qo‘mita “AFC Video Match Officials” rasmiylari guruhini tashkil etishni ma’qulladi. Ushbu guruhga OFK musobaqalaridagi hakamlarning faoliyatini yanada jiddiyroq va aniqroq baholashni ta’minlash vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, qo‘mita a’zolariga OFKga a’zo assosiasiyalarning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan xalqaro hakamlar kvotalari hamda OFKning 2023-2027-yil uchun hakamlarni tayinlash bo‘yicha quyi qo‘mitasi a’zolari haqida ham ma’lumot berildi. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatiga hakamlarning tayyorgarlik rejalari ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qo‘mita a’zolari nafaqat FIFA musobaqalarida osiyolik rasmiylarning soni rekord darajaga yetganini, balki jahon futbolining eng muhim va hal qiluvchi bosqich uchrashuvlarini mintaqamiz vakillari nazorat qilayotganlarini ham mamnuniyat bilan qayd etishdi.

O‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab OFK rasmiylari 2022-yilda Marokashda o‘tgan Klublar o‘rtasidagi JCH, 2022-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan U-17 ayollar o‘rtasidagi JCH hamda Qatarda bo‘lib o‘tgan JCHning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayinlov olishgan.

OFK hakamlar akademiyasi, “AFC Refereeing STAR” dasturi, OFK a’zo assosiasiyalari hakamlik boshqaruvi loyihasi bilan bir qatorda o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab Osiyo hakamlari uchun ko‘plab seminarlar tashkil etildi. Qo‘mita onlayn murabbiylik mashg‘ulotlarining ta’sirini ham yuqori baholadi, 2022-yilda joriy etilganidan beri a’zo assosiasiyalar uchun 107 ta virtual murabbiylik sessiyalari o‘tkazildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:59, 05.07.2023.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.