Kilian Mbappe bilan transfer dostoni hali yakunlanmadi. "PSJ" prezidenti lavozimida ishlayotgan Nosir al-Xelayfi Mbappe erkin agent sifatida klubni tark etmasligini ochiqchasiga e’lon qildi.
Bundan tashqari, Liga 1 grandi rahbari 24 yoshli forvardga o‘ylab olish uchun muddatni belgilab berdi.
"Mbappe ko‘pi bilan ikki hafta qaror qabul qilishi kerak. Agar u yangi shartnoma imzolashni istamasa, eshiklar ochiq.
Hech kim klubdan yuqori bo‘la olmaydi. Bu nafaqat futbolchilarga, balki menga ham tegishli", - deya al-Xelayfi so‘zlarini keltiradi Le Parisien.