Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

2022 yilda "Liverpul" tomonidan boy berilgan futbolchilar

2022 yilda "Liverpul" tomonidan boy berilgan futbolchilar

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum "Liveepul" uchun omadli kechmadi. Mersisaydliklar startni yaxshi boshlab, Angliya superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Ammo, shundan keyin pasayish boshlandi. Eng yomoni, Klopp jamoasi 2016 yildan beri ilk marta YECHL yo‘llanmasisiz qoldi. Ha, "Liverpul" 2021-22 yilgi mavsumni to‘rtta sovrin bilan yakunlashga juda yaqin edi. Ammo buni iloji bo‘lmadi. Yoz davomida jamoadan Sadio Mane ketdi. Darvin Nunyes, Kalvin Ramzi va Fabiu Karvalyu xarid qilindi. Bu esa kam edi. "Liverpul" rejasida o‘tgan yozda anchagina futbolchilar bor bo‘lgan. Ammo transferni amalga oshirishga kelganda, muammolar yuz bergan. Quyida o‘sha o‘yinchilar haqida bilib olasiz.

Jud Bellingem

Bellingem "Real"ga o‘tgunicha, uning nomi mish-mishlar bo‘limida tinmay yangrardi. "Borussiya Dortmund" esa har doimgi ishini qildi. Xoland va Sancho singari Bellingem ham katta pulga sotildi. "Liverpul" aprel oyida ommaga ortiq Bellingem uchun kurashmasligini ma’lum qilgandi. Bu esa "Real"ning ishini osonlashtirdi. 20 yoshli futbolchi mersisayd jamoasiga o‘tgan mavsumdagi muammolariga yechib topishda yordam berishi mumkin edi. Endilikda Angliya terma jamoasi a’zosi "qirollik klubi" sharafini himoya qiladi.

Arnaut Danjuma

O‘tgan mavsumda "Liverpul" Sadio Maneni yo‘qotadi. Xabarlarda uning o‘rni Danjuma bilan to‘ldirilishi aytilayotgandi. Niderlandiyalik hujumchi "Bornmut" safida fantastik daraja namoyish etadi. Shundan so‘ng, 2021 yilda uni "Vilyarreal" sotib oladi. Unai Emeridan keyin Danjuma ham Angliyaga, "Tottenxem" safiga keldi. Biroq, u oldingi darajasini tiklay olmadi.

Amadu Onana

2021-22 yilgi mavsumni Onana "Lill" bilan ajoyib o‘tkazadi. Bu esa APL klublarining qiziqishlariga sabab bo‘ladi. Da’vogarlar orasida "Arsenal", "Liverpul" va "Nyukasl" bor edi. Belgiya terma jamoasi a’zosi esa "Everton"ni tanlaydi. "Liverpul" esa o‘zining eng ashaddiy raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘yadi.

Moyses Kaysedo

Hozir Yevropadagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biriga aylangan futbolchi, bundan bir yil oldin katta potensialga ega o‘spirin edi. Bir muddat Belgiya chempionatida harakat qilganidan keyin, ekvadorlik o‘yinchi yana Albionga qaytadi. U uchun "Liverpul"ga o‘tgan yozda, "Arsenal" esa qishda rad javobini bergan "chag‘alaylar", hali ham Kaysedoni saqlab turibdi. Yangi mavsum oldidan Kaysedoga "Chelsi" qiziqish bildira boshlagan.

Usmon Dembele

Bir yil oldin mersisaydliklar Dembele vakillari bilan ko‘rishib, hujumchi niyati haqida surishtira boshlaydi. Negaki, Dembele erkin agentga aylanishga yaqin edi. Ammo kataloniyaliklar uni olib qolishga erishdi. Usmon ikki yillik yangi shartnomaga imzo chekdi. Dembele qilgan qaror oxir-oqibat to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Negaki, "Barselona" Ispaniya chempioniga aylandi.

Jarrod Bouen

Bouenga Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi muxlislik qiladi. U ingliz hujumchisini sotib olmoqchi edi. "Vest Xem" esa uni saqlab qolishga qaror qildi. O‘tgan mavsum Bouen uchun omadsiz kechdi. U 6 ta gol urdi xolos. Ammo YEKL finalida hal qiluvchi g‘alaba golini aynan u kiritgandi.

Nikolo Barella

Matbuotda Barellaning ko‘chishi haqida ko‘p yozishdi. Italiya terma jamoasi a’zosi esa bu gap-so‘zlarga e’tibor qilmadi va "Inter"da qoldi. "Liverpul" esa tuzukroq taklif bilan chiqa olmadi ham. 26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni yuqori notada o‘tkazib, YECHL finalida qatnashdi. Afsuski, uning jamoasi "Manchester Siti"dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Barellaga bu yozda ham APLdan da’vogarlar bor. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qay tariqa kecharkin.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:46, 08.07.2023.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.