Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

David De Xea "MYU"dan ketdi. U uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi?

David De Xea "MYU"dan ketdi. U uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi?

Baho:
+ | -

David De Xea "MYU"ga "Atletiko"dan kelganini hamma biladi. U bir paytlar Serxio Aguero bilan bir jamoada edi. Afsuski, hujumchi yuragidagi muammo sababli o‘z faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘ldi. U bilan deyari teng bo‘lgan De Xea esa hali bemalol o‘z yo‘lida davom etishi mumkin. Ha, u "Manchester Yunayted"dan ketdi. Ammo ispaniyalik darvozabon xizmatlariga Yevropada yetarlicha talabgorlar topiladi. Futbolchi klub muxlislari bilan xayrlashar ekan, shunday deb yozgandi: "Endi yangi sinovlar qarshisiga chiqish vaqti yetdi. Men o‘zimni boshqa yerlarda ham sinab ko‘rishni istayman..."
Quyida De Xea uchun ehtimoliy manzillar nomi keltiriladi.

"Inter"

Yoz davomida "MYU" darvoza sohasi uchun nomzodlar qidirdi. Klub De Xeani almashtirish vaqti kelganini bilardi. Shu sabab o‘z e’tiborini "Inter" darvozaboni Andre Onanaga qaratdi. Ayni damda "qizil iblislar" 27 yoshli posbon uchun uchinchi taklifni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu taklif milanliklar talab qilayotgan 51 million funtga yaqin bo‘ladi. Albatta, "Inter" Onana o‘rnini kim bilandir to‘ldirishi kerak. Shu sababli tekin turgan De Xea e’tiborni tortadi. Inzagi uchun yosh masalasi muhim emas ko‘rinadi. Negaki, uning jamoasi "Tottenxem" posboni Ugo Lyorisga qiziqish bilan qaragan. Shunday ekan, De Xea ham yaxshi variantdir.

"Real Madrid"

Bir paytlar "Real" De Xea uchun juda qattiq harakat qiladi. U 2015 yilda Madridga qaytishga yaqin edi. Ammo ko‘chish amalga oshmadi. Asli madridlik bo‘lgan futbolchi uchun ona shahriga qaytish eng yaxshi yo‘llardan biri. Ha, hozir "Real"da almashtirib bo‘lmasdek ko‘rinadigan Tibo Kurtua bor. De Xea esa zaxira varianti sifatida har qanday vaziyatda Andrey Lunindan yaxshiroqdir.

"Atlanta Yunayted"

Bred Guzan olti yil davomida APLda harakat qilgan. U bu yili 39 ga kiradi. Uning o‘rinbosari bo‘lgan Ketin Vestberg ham 37 yoshda. Shunday ekan, "Atlanta Yunayted" darvozada yangi nomga muhtoj. MLS'dagi tendensiyadan kelib chiqib, aytish mumkinki, De Xea uchun okeanorti ham ajoyib imkoniyatlar makonidir. Yevropaning qariyotgan yulduzlari Amerikaga yo‘l olmoqda va ular orasiga De Xea ham joylashishi mumkin. Lionel Messi va uning do‘stlari "Inter Mayami"ga kelganida, nima uchun De Xea "Atlanta Yunayted"ga kelmasligi kerak?

"Nyukasl Yunayted"

"Qizil iblislar" fevral oyida Liga kubogi finalida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi. O‘sha bahsda De Xea o‘z faoliyatidagi 180-quruq o‘yinini o‘tkazib, "MYU" tarixida rekordchiga aylangandi. Raqib tomonda "Liverpul"ning sobiq "qovunchi" darvozaboni Loris Karius harakat qildi. Negaki, asosiy vakil bo‘lgan Nik Poup jarohatda edi. Bu Eddi Xau jamoasidagi darvozabon borasidagi muammolardan dalolat beradi. Agarda De Xea dunyoning eng boy klubiga o‘tsa, nafaqat yaxshi maoshni, balki o‘zining APL va YECHLda qolishini ham ta’minlagan bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni

Katta maosh izlab yurgan yulduzlar Yevropa klublari bermagan pullarni Saudiya Pro-ligasidan bemalol topishi mumkin. Masalan, "Al-Hilol"ni olaylik. Bu klub o‘tgan mavsum davomida to‘rtta posbondan foydalanishga majbur bo‘ladi. Ular ichidagi 36 yoshli Abdulloh Al-Mayuf eng asosiysi hisoblanadi. Shunday ekan, De Xea bu klubga asqotishi mumkin. "Al-Hilol" yaqindagina Ruben Nevesh va Kalidu Kulibalini sotib olgan edi. Shuningdek, 32 yoshli futbolchi uchun "Al-Nasr" ham qiziqish bildirgan. De Xea u yerda Ronaldu bilan birga harakat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:07, 09.07.2023.
O'qildi: 5105 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.