Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

David De Xea bilan bir paytda sotib olingan futbolchilar: ularning taqdiri qanday kechdi?

David De Xea bilan bir paytda sotib olingan futbolchilar: ularning taqdiri qanday kechdi?

Baho:
+ | -

David De Xea 2011 yilning yozida xarid qilingan bir nechta futbolchining biri edi. Ser Aleks Fergyuson jamoasi bu paytga qadar kechgan so‘nggi besh mavsumning to‘rttasida chempion bo‘lgan edi. Yangi mavsumga qattiq tayyorgarlik boshlanadi. Negaki, 2011 yilgi YECHL finalida "Barselona"ga imkoniyat boy berilgandi. O‘sha o‘yin, shuningdek, afsonaviy darvozabon Edvin van der Sarning klubdagi so‘nggi bahsi bo‘lgan. Shu sabab yozda "Atletiko"dan yoshgina futbolchi sotib olinadi. O‘sha paytda "qizil iblislar" 21 yoshli De Xea uchun "matraschilar"ga 17 million funt to‘lab beradi. Bu esa bir darvozabon uchun berilgan Angliyadagi eng qimmat summa edi. Hash-pash deguncha, oradan 12 yil o‘tib ketdi. Bu orada De Xea "Manchester Yunayted" safida 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, rekordchiga aylandi. Shubhasizki, u mankunianliklar tarixida abadiy eslanadigan nomlardan biridir. Xo‘sh, 2011 yilda u bilan jamoaga yana kimlar olib kelingan edi? Ularning taqdiri nima kechdi? Quyida bu savollarga javob olasiz.

Anders Lindegor

Van der Sarning ketishi darvoza sohasini mustahkamlashni talab etadi. Shu maqsadda De Xeadan tashqari yana bir zaxira darvozaboni sotib olinadi. Daniyalik Lindegor "MYU"da o‘z vatandoshi Piter Shmeyxeldek bo‘lishni orzu qiladi. Ammo u yangishgan edi. Tez orada ma’lum bo‘ldiki, u zaxira uchun sotib olingan. Lindegor to‘rt yildan ortiq vaqt davomida jami 19 ta o‘yindagina maydonga tushiriladi. Shulardan 10 tasi 2012-13 yilda, "MYU" so‘nggi bor Angliya chempioni bo‘lgan davrda yuz bergan. 2015 yildan Lindegor erkin agent sifatida "qizil iblislar" safini tark etib, "Vest Brom"ga ko‘chib o‘tadi. U keyinchalik "Byornli" sharafini ham himoya qildi. 2019 yilda o‘z yurtiga qaytgan futbolchi, bir muddat milliy chempionatida to‘p tepdi. 2022 yilda Lindegor futbol bilan xayrlashgan edi.

Fil Jons

Jons yosh himoyachi sifatida ommaning e’tiboriga tushadi. Shu sababli 2011 yil yozida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda "MYU" unga ega chiqadi. Fergyuson davrida Fil Jons asosiy tarkib vakiliga aylangan. Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi 2010 yillar avvalida kuchli edi. Ammo jarohatlar uning faoliyatiga bolta urdi. Himoyachi so‘nggi 4 yilda APLda 6 tagina o‘yinda maydonga tushgan edi. U 2023 yilda jamoadan ketdi. Jons "MYU"dagi davri haqida shunday deydi: "Men ko‘proq o‘ynayman deb umid qilgandim. Men menga ko‘proq imkoniyat beriladi deb o‘ylagandim. Qo‘limdan kelgan hamma narsani qildim. "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman".

Eshli Yang

Yang "Aston Villa"da APLning eng yaxshi vingerlaridan biriga aylanadi. Buni ko‘rgan Fergyuson, uni 2011 yilda 17 million funtga xarid qilgan. APL chempionligi qo‘lga kiritilgan paytda Yang 19 ta o‘yinda maydonga tushirilgan. U Lui Van Gal jamoasida qanot himoyachisiga aylantirilgandi. Ingliz futbolchi ancha vaqt jamoaning barqaror vakili sifatida harakat qildi. 2019 yilda Eron Uan-Bissakaning olib kelinishi, Yangning o‘yin vaqtini kamaytiradi. Bu esa uni "Inter" sari chorlaydi. Yang 2021 yilda Italiya chempioniga aylangan edi. O‘sha yili qahramonimiz APLga qaytib, jonajon klubi bo‘lmish "Aston Villa"da harakat qila boshladi. 2022 yilning yozida Yang birmingemliklar bilan xayrlashdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:52, 09.07.2023.
O'qildi: 3183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик