Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Stiven Jerrard o‘z jamoasida qaysi yulduzlarni ko‘rmoqchi?

Stiven Jerrard o‘z jamoasida qaysi yulduzlarni ko‘rmoqchi?

Baho:
+ | -

Saudiya Pro-ligasi allaqachon biznes maydoniga aylandi. Ko‘plab yulduzlar yirik shartnomalar orqali O‘rta Sharqqa jӯnab ketmoqda. Shular ichida taniqli murabbiy va "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard ham bor. U o‘zi ishlay boshlagan "Al-Ittifoq"qa bir qancha futbolchilarni jalb etmoqchi. Ular haqida quyida bilib olasiz.

Vilfrid Zaa

30 yoshli futbolchi xizmatlariga da’vogarlar juda ko‘p. Negaki, Zaa 1 iyuldan beri erkin agent sifatida qolmoqda. Shu sababli Saudiya klublari hujumchini ilib ketishga harakat qilmoqda. Ular ichida Stivi Ji ishlayotgan "Al-Ittifoq" ham bor. Zaaga Jerrard klubi tomonidan yillik 16 million funtlik shartnoma taklif etilgan. Biroq, futbolchi ko‘prog‘ini xohlamoqda.

Jordan Xenderson

Xenderson bir paytlar Jerrarddan "Liverpul"dagi sardorlik bog‘ichini olib qolgan edi. Xendersonning mersisayddagi shartnomasi 2025 yilda yakun topadi. Yarim himoyachi atrofida allaqachon mish-mishlar aylana boshlagan. Masalan, "Al-Ittifoq" va Jerrard uni Osiyoga chorlayotganini olaylik. Bu xabar rost. Ammo futbolchining o‘zi bunga allaqachon rad javobini berib yuborgan.

Pyer-Emerik Obameyang

"Chelsi"dagi omadsiz mavsumdan keyin Obameyangning London klubidan ketishi aniq bo‘lib ulgurdi. Xabarlarga ko‘ra, hujumchi uchun "Al-Ittifoq" shartnoma taklif etishga tayyor. Obameyangning jamoadoshlari bo‘lgan Kante, Mendi va Kulibalilar allaqachon ketdi. Ular ortidan gabonlikni ham kuzatib qo‘ysak, ajab emas.

Filippe Koutinyo

Jerrard Koutinyoni "Barselona"dagi qiyin davridan ozod etgandi. Braziliyalik "Aston Villa"ga uning davrida olib kelindi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Unai Emeri jamoasida zaxirada qoldirildi. Shu sabab ketish, Koutinyo uchun to‘g‘ri yo‘l bo‘lardi. Birmingem klubi esa yaxshi taklif uchun uni sotib yuborishga qarshi bo‘lmaydi.

Alvaro Morata

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi o‘z faoliyatini bir klubda unchalik ko‘p vaqt olib bormadi. Morataga Jerrard qiziqish bildira boshladi. Boz ustiga uning jamoasida Moratani ko‘ndira oladigan darajada pul bor. Hujumchining yoshi o‘tib qoldi. Shunday ekan, Morataning Yevropadan ketish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin.

Sadio Mane

Mane Jerrard radarida turgan yana bir superyulduz sanaladi. Germaniyadagi g‘alati mavsumdan keyin hujumchi jamoasini almashtirishga yaqin turibdi. Senegal terma jamoasi a’zosi uchun "Al-Ittifoq" qiziqish bildirgan. "Al-Ahli" esa bu poygada yetakchilik qilmoqda. Agarda Mane "Al-Ahli"ga o‘tsa, u yerda sobiq jamoadoshi Roberto Firmino bilan birga harakat qiladi. Ammo Jerrard uni osonlikcha boy bermasa kerak.

Skott Rayt

Balki taniqli nom emasdir. Ammo "Reynjers" futbolchisi ham arab diyoriga ketishi mumkin. 25 yoshli yarim himoyachiga o‘z ustozi Jerrard qiziqqan. U uchun tez orada rasmiy taklif yuborilishi kutilmoqda. Rayt o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushirilgan edi. U "Reynjers"ga aynan Jerrard davrida kelgan.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:01, 11.07.2023.
O'qildi: 2217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.