Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi uchun Yevropa chempionlari safidan beshta yulduzni jalb etadi

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi uchun Yevropa chempionlari safidan beshta yulduzni jalb etadi

Baho:
+ | -

Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari o‘rtasidagi chempionati Angliya uchun omadli yakunlandi. "Yosh sherlar" 39 yildan keyin ilk bor yana qit’a shohsupasiga ko‘tarildi. Li Karsli boshchiligidagi yosh yulduzlar finalgacha birorta gol o‘tkazmay yetib keldi va yakunda chempionlikni tantana qildi. Yoshlarning bunday muvaffaqiyati ularning tez orada milliy terma jamoaga chaqirilishini anglatadi. Quyida Garet Sautgeyt tomonidan jiddiy kuzatilayotgan futbolchilar nomi keltiriladi.

Jeyms Trafford – darvozabon

Jeyms Trafford turnir davomida eng yaxshilaridan biri bo‘lib keldi. Ammo uning mahorati finalda sinaldi. 96 daqiqadagi penaltini qaytarib, Angliyani chempion qilgan, aynan "Manchester Siti" darvozaboni edi. 20 yoshli futbolchi tez orada "Byornli"ga o‘tadi. Uning transferi 19 million funt bo‘lishi aytilgan. Bu esa Traffordni Angliya tarixidagi eng qimmat uchinchi darvozabonga aylantiradi. Dunyodada faqatgina 16 ta darvozabongina bundan qimmat narxda sotilgan xolos
Shunday ekan, Sautgeyt hech ikkilanmasdan Traffordni terma jamoaga jalb etsa bo‘ladi.

Levi Kolvill

Sautgeyt Kolvillni allaqachon kattalar jamoasiga taklif etgan edi. Ammo Yevropa chempionati sabab himoyachi Li Karsli ixtiyoriga jo‘natiladi. So‘nggi 12 oy ichida eng e’tiborni tortgan yosh futbolchilar ichida Kolvill ham bor. Uni "Chelsi" "Brayton"ga ijaraga berib, adashmadi. Kolvill "chag‘alaylar" bilan ajoyib daraja namoyish etgandi. 20 yoshli futbolchiga "Brayton"ning o‘zi va "Liverpul" yirik takliflar bilan keldi. Ammo "Chelsi" o‘z qo‘lidagi tayyor talantni qo‘ldan chiqarib yubormoqchi emas. Hozir Kolvill "teginib bo‘lmas" futbolchiga aylantirilgan.

Kyortis Jons

Oxirgi olti oy Jons uchun omadli keldi. Futbolchi "Liverpul" safida asosiy tarkibga kira oldi. O‘tgan masvumning so‘nggidagi muvaffaqiyatli yurishlarda Jons Klopp jamoasida katta ko‘lamdagi ishni bajardi. 22 yoshli yarim himoyachining hozirgi sport formasi Sautgeyt uchun ayni muddao. U Jordan Xendersonning Angliya terma jamoasidagi o‘rnini Jonsga berishi mumkin. Yevropa chempionligida Li Karsli tuzgan jamoada eng saviyali vakillardan biri, shubhasiz Kyurtis Jons edi.

Morgan Gibbs-Uayt

Gibbs-Uayt Angliya yoshlari bilan Yevropa birinchiligida hujumchi vazifasini bajardi. Ammo u "Nottingem" safida asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida foydalaniladi. 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda 3 ta assist va shuncha gol urgan. Yevropa chempionatida esa Morgan 5 ta bahsda 3 ta assist va 1 ta golga mualliflik qildi. Bu natijalarning hammasi "Vulverxempton" akademiyasidan chiqqan futbolchini Angliya kattalar termasi tomon chorlaydi. Tez orada uning ham chaqirilishini ko‘rsak, ajab emas.

Koul Palmer

Palmerning maydondagi aniq pozisiyasi mavjud emas. Angliya bilan u asosan har ikki qanotda harakat qildi. "Manchester Siti" hujumchisi yarim finalda Isroil yoshlarini charchatgan edi. Finalda esa aynan uning jarima zarbasidan urgan goli, yakunda inglizlar g‘alabasini ta’minladi. Gvardiola jamoasida Palmer jami 38 ta o‘yin o‘tkazdi. Yangi mavsumda uni ijaraga berish, yaxshi effekt berishi mumkin. Ammo "shaharliklar" safida ham Fodendan keyingi o‘rinda, undan ham foydalansa bo‘ladi. Sautgeyt esa Palmerni allaqachon o‘z ro‘yxatiga kiritib qo‘ydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:01, 12.07.2023.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.