"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp nabirasi tug‘ilgach o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men qanday qilib bobo bo‘ldim? Anchadan beri shunaqa qiyofada yurganman, endi esa haqiqatan ham boboga aylandim.
Bu – haqiqiy baxt, biz to‘rt haftani birga o‘tkazdik va uning o‘sishini kuzatdik. Bu, ehtimol, men so‘nggi 30 yil ichida boshdan kechirgan eng go‘zal narsadir.
Oilangga yangi insonni qabul qilish hayratlanarli", - deya nemis murabbiyining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Klopp 2015 yildan beri “Liverpul” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning qo‘l ostida "qizillar" yettita sovrinni qo‘lga kiritishdi.