Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

"MYU" tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar

"MYU" tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" 1992 yildan beri erishgan yutuqlariga yaxshi darvozabonlarsiz yetisha olmagan bo‘lardi. Premyer-liga davrida futbolda yangi qoida paydo bo‘ladi. Bu qoida ortga ko‘proq uzatmalar berishni ko‘zda tutardi. Ortga beriladigan paslar, o‘z navbatida darvozabonlarga katta bosim yuklagan. Ana shunday paytlarda "manaman" degan posbonlar ham ancha urinib qolardi. Baxtga ko‘ra, "MYU"ga bu borada anchayin tajribali va iqtidorli futbolchilar uchraydi. Ular 90 yillarda davomida shakllanadi. Qolgan ikki dekada davomida esa haqiqiy mo‘jizakor o‘yinlarni asosan "qizil iblislar" darvozabonlari ijrosida ko‘rdik. Quyida ularning klub tarixidagi eng yaxshilari havola etiladi.

5. Raymond van der Gau

Piter Shmeyxelning haddan ortiq yaxshi ekani, o‘z vaqtida uning o‘rinbosari bo‘lgan Van der Gauga maydonga tushish imkoniyatini kamdan-kam hollardagina bergan. Ammo kerakli vaqtlarda niderlandiyalik posbon o‘z mahoratini namoyish etardi. Tajribali futbolchi 1999 yildan keyin, Shmeyxel jamoani tark etgach, doimiy tarkibda harakat qila boshlagan. 2000 yilgi chempionlikda aynan Van der Gauning xizmatlari juda katta edi.

4. Fabyen Bartez

Bo‘y borasida maqtana olmaydigan futbolchi, "MYU"da mutlaqo har xil mavsumlarni o‘tkazadi. Fransuz darvozaboni ba’zida janjallarga ham sabab bo‘lgan. Uning 2000 yildan boshlab, to‘rt yillik "MYU"dagi faoliyati shunisi bilan ham yodimizda qoladi. Bartez ikki bor Angliya chempioni sifatida 2004 yilda "Marsel"ga yo‘l oladi.

3. Edvin van der Sar

Van der Sar "Ayaks" bilan haqiqiy zamonaviy darvozabon sifatida shakllanadi. U 1995 yilda Lui van Gal jamoasida YECHL g‘olibiga aylanadi va "Yuventus"ga yo‘l oladi. U yerdagi ikki mavsumdan keyin, niderlandiyalikni "Fulxem" xarid qilgan. London jamoasida muvaffaqiyat qozongach, u "MYU" nazariga tushadi. Van der Sar 6 yil davomida "qizil iblislar" safida harakat qildi. Bu davrda u 4 marta Angliya chempioni, yana bir bor YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

2. David De Xea

Hammada har xil qarash bor. Ammo De Xea, qilgan xizmatlari e’tibori bilan van der Sardan ustun ko‘riladi. Ha, De Xea niderlandiyalik kabi ko‘p sovrinlarga ega chiqmagandir. Ammo ispaniyalik afsonaning zo‘r yillarida, dunyoda unga teng keladigani yo‘q edi. 10 yildan oshiq vaqt davomida De Xea ikki bor APLning "Oltin qo‘lqop"iga ega chiqqan.

1. Piter Shmeyxel

Undan yaxshisi baribir topilmaydi, shunday emasmi? Ko‘pchilik nazdida, hatto bizningcha ham APL o‘zining 30 yillik umrida hali Shmeyxelchalik zo‘r darvozabonni ko‘rmadi. Daniyalik afsona 90 yilllardagi "MYU"ning shonli davrida muhim o‘rin tutdi. U besh bor APL g‘olibiga aylangandi. Shmeyxel 1991 yilda "Brondbyu"dan arzimagan 505 ming funtga sotib olinadi. Keyinchalik bu xaridni Ser Aleks Fergyuson "Asr transferi" deya atagandi. Darvozabonning jamoadagi so‘nggi mavsumi 1999 yilda, tarixiy trebl bilan yakun topadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 14:14, 14.07.2023.
O'qildi: 2706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.