Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bokschi Oleksandr Usik Konor Makgregorni jangga chorladi

Bokschi Oleksandr Usik Konor Makgregorni jangga chorladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni jangga chorladi.

"Hozircha hech qanday ambisiyalarim yo‘q. Meni faqatgina Tayson Fyuriga qarshi jang qiziqtirmoqda.

"Konor ortiqcha vazn olganini ko‘rdim. Ey Konor, kel “Uembli”da jang uyushtiramiz", — deya yozdi Usik.

Ukrainalik bokschi so‘nggi jangini 2022 yil 20 avgust kuni Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.

Makgregor esa so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri sobiq UFC jangchisi Frensis Ngannuga qarshi jang qilishi xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:18, 14.07.2023.
O'qildi: 4305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик