Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

"MYU"ning APL davridagi sardorlarini baholaymiz: yaxshisidan yomonigacha

"MYU"ning APL davridagi sardorlarini baholaymiz: yaxshisidan yomonigacha

Baho:
+ | -

11. Eshli Yang

Yang avvalgi davrlarda ham vaqti-vaqti bilan sardorlik bog‘ichini olib turardi. Sulsher 2019-20 yilgi mavsum avvalida Yangni doimiy sardor qilib tayinlaydi. 37 yoshli himoyachi o‘sha yili 18 tagina bahsda qatnashadi. Uning maydondagi o‘rnini Eron Uan-Bissaka egallagan edi. 2020 yilda ingliz futbolchisi, klubdagi to‘qqiz yillik xizmatlaridan keyin "Inter" safiga yo‘l oladi.

10. Antonio Valensiya

Valensiya klub uchun fidoyi futbolchi edi. 2017 yilgi Yevropa ligasi sovrini aynan uning sardorligida yutiladi. 2018-19 yilgi mavsum oldidan Mourinyo uni sardor qilib tayinlaydi. Jarohatlar sababli Valensiya faqatgina 9 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. 2019 yilda himoyachi klubdagi o‘n yillik faoliyatini tugatib, o‘z yurtiga, Ekvadorga ketadi. U yerda Valensiya "Kito" klubi sharafini himoya qilgandi.

9. Xarri Maguayr

Maguayr 2020 yilning yanvarida, klubga kelganidan atigi 5 oy o‘tib, sardorlikka tayinlanadi. Hozir ko‘pchilikning esida yo‘qdir. Ammo Sulsher jamoasida Maguayr ajoyib harakat qilgan. 2020-21 yilgi mavsumdagi mehmon bahslarini mag‘lubiyatlarsiz o‘tkazishda Maguayrning o‘rni beqiyos edi. Afsuski, shundan keyin ko‘p narsalar o‘zgardi. "Manchester Yunayted" kabi Maguayrning ham ishlari orqaga ketdi. Himoyachi 2021-22 yilni dahshatli tarzda yomon o‘tkazdi. Ayni damda 30 yoshli futbolchi zaxira vakili bo‘lish bilan bir qatorda, sotuvga ham qo‘yildi.

8. Maykl Karrik

Ueyn Runi 2017 yilda jamoani tark etadi. Shundan so‘ng, qolgan futbolchilar ichida eng ko‘p klubga xizmat qilgan vakil Karrik bo‘lib qoladi. Shu sababdan sardorlik bog‘ichi unga taqdim etiladi. 38 yoshli yarim himoyachi yuragidagi muammolar sababli zaxiraga mixlanib qolgandi. Ammo kiyinish xonasida, uning o‘rni beqiyosligicha qolaveradi. 2018 yilda Karrik futbolchilik faoliyatini tugatib, "qizil iblislar"ning murabbiylar shtabida ishlay boshladi.

7. Ueyn Runi

2014 yilda Nemanya Vidich jamoadan ketgach, sardorlik masalasi o‘rtaga chiqadi. O‘shanda Lui van Gal hech ikkilanmasdan bu vazifani Ueyn Runiga topshiradi. Afsuski, hujumchining sardorlik vaqti Fergyusondan keyingi tartibsizlik davriga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, futbolchining o‘zi ham oldingidek emasdi. Shunga qaramasdan, 2017 yilga qadar Runi Angliya kubogi, liga kubogi va Yevropa ligasi sovrinlarini qo‘lga kiritadi. Mourinyo jamoasiga sig‘may qolgach, Runi "Everton"ga qaytgandi.

6. Nemanya Vidich

Vidich muxlislar qalbida abadiy yashaydi. U jamoa himoyasida Rio Ferdinand bilan ajoyib juftlik hosil qilgan edi. Serbiyalik futbolchi 2011 yilda sardorlikka saylanadi va o‘sha mavsumda Angliya chempioni bo‘ladi. Oradan ikki yil o‘tib, Vidich boshchiligidagi "MYU", o‘z tarixidagi 20 chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

5. Stiv Bryus

Brayan Robsonning o‘rnini egallash oson ish emasdi. Shunga qaramasdan, Bryus 1994-1996 yilgi mavsumda "MYU"ga muvaffaqiyatli sardorlik qildi. U 1996 yilda "qizil iblislar"ni Angliya chempionligi tomon boshlagan edi.

4. Gari Nevill

Nevill kabi hech bir futbolchi "MYU"ni sevmasa kerak. Qanot himoyachisi tug‘iliboq, jamoa muxlisiga aylangan. U klub akademiyasidan chiqqan haqiqiy lider edi. Roy Kindan keyin, sardorlik Nevillga nasib etadi. U "MYU"ning mutlaqo yangi, 2005-2011 yillarida sardorlik qiladi.

3. Erik Kantona

Kantona doim ham o‘z jamoasiga amalda o‘rnak bo‘la olmagan. Ammo futbolchilarni ruhlantirish borasida unga yetadigani yo‘q edi. 1996 yilda Stiv Bryus jamoani tark etadi. O‘shanda Fergyuson sardorlikni Kantonaga beradi. Bu hamma uchun kutilmagan qaror edi. Fransiyalik futbolchi 1996-97 yilgi mavsumda 15 ta gol bilan "MYU"ni chempion qilishga yordam bergan. Afsuski, u o‘sha mavsum oxirida futboldan ketganini e’lon qildi.

2. Brayan Robson

O‘zga "MYU" sardorlari ichida Robsondan ko‘proq titul yutganlari bor. Ammo hech biri Robsondek afsonaviy emas. Yarim himoyachi haqiqiy yetakchi va qalqon edi. 1982 yilda Ron Atkinson unga sardorlikni taqdim etadi. Saksoninchi yillarda Robson jamoasi unchalik ham dong taratmagandi. Ammo APL davri (1992) boshlanganidan keyin, hammasi o‘zgardi.

1. Roy Kin

Kin 2005 yilda katta bahslarga sabab bo‘lgan ketishni amalga oshiradi. Shunga qaramay, tarix Kindek sardorni ko‘rmadi. U o‘z vaqtida Fergyusonning maydondagi eng ishongan vakili edi. Kinning sakkiz yil davom etgan sardorlik davrida uning klubi 4 marta APLni, 2 bor Angliya kubogi va bitta YECHL bosh sovrinini yutadi. Irlandiyalik afsona ayni damda futbol bo‘yicha mutaxassis bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:01, 15.07.2023.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.