Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

"Barselona" moliyaviy muammolarni yechishni yana bir yo‘lini topdi

"Barselona" moliyaviy muammolarni yechishni yana bir yo‘lini topdi

Baho:
+ | -

"Barsa" kelasi mavsumni "Kamp Nou" ta’mirlanayotgani sababli "Olimpiya" stadionida o‘tkazadi. Klub yangi stadionga 1,45 mlrd yevro ajratishi kerak bo‘ladi - bu katta summa, ayniqsa kataloniyaliklarning moliyaviy muammolarini hisobga olsak.

"Barsa" qo‘lidan kelganicha vaziyatdan chiqib ketmoqchi. O‘tmishda yuzaga keltirilgan moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun rahbariyat olmoslarni sotish menejmentning yangi va g‘ayrioddiy g‘oyasini ishlab chiqyapti. Klub 1957 yilgi dekorasiyalarni muxlislar uchun qayta yaratmoqchi. Brillianto firmasi bilan hamkorlikda yiliga 30 million yevro ishlab olish mumkin bo‘ladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar "Kamp Nou" maysazoridan "Etern Spotify Camp Nou 1957" nomli arenaning bezaklar to‘plamini yaratish uchun foydalanadilar, 1957 yil - arena shu nomda ochilganini eslatib o‘tish joiz.

Klub Brillianto kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi - uning nima ishlab chiqarishi nomidan ko‘rinib turibdi. Tomonlar oltin va olmos bilan bezatilgan nishonlar, bilaguzuklar, manjetlar, uzuklar, marjonlar va boshqa aksessuarlar yaratishni kelishib oldilar. Rejaga 1957 yilgi zargarlik buyumlari, jumladan 57 ta bir karatli olmosi mavjud maxsus buyumlar kiradi, uning narxi taxminan 15 ming yevroni tashkil qiladi. "Barsa" va Brillianto bundan yiliga taxminan 30 million yevro ishlab olishi mumkin. Bitim ishtirokchilarining har birining ulushi oshkor etilmagan. Klub bunday zargarlik buyumlari Xitoy va Yaqin Sharqdan kelgan xaridorlar orasida alohida talabga ega bo‘lishini kutmoqda. Olmoslar patentlangan texnologiya va maxsus uskunalar yordamida ishlab chiqariladi - bu olmos hosil bo‘lish jarayonini tezlashtiradi. "Kamp Nou" maysasi karbonizasiyadan o‘tadi - buning natijasida uglerod olinadi, keyinchalik u maxsus laboratoriyalarda olmos ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Olmos olish uchun yuqori bosim ham qo‘llaniladi. "Malyorka"ga qarshi mavsumning so‘nggi o‘yinida "Kamp Nou" o‘ti bilan xuddi shunday tajriba amalga oshirilgandi. Zamonaviy ilm-fan tufayli olmoslar bir necha kun ichida ekologik toza tarzda yaratiladi.

Bu Kataloniya kompaniyasining futbol bilan birinchi aloqasi emas

2014 yilda Brillianto Pelening sochlari asosidagi kolleksiyani chiqarishga yordam berdi. Unda 1283 ta olmos bor edi - bu buyuk braziliyalikning gollari sonidan kelib chiqqan. Birinchi haykalchada Pelening 1956 yilda "Korintians"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida "Santos" safida urgan debyut goli tasvirlangan, 1283-raqamli haykalcha esa braziliyalikning 1983 yilda ko‘rgazmali o‘yinda urgan so‘nggi golini ifodalaydi. Ularning har biri 7500 dollar turadi.

Bundan tashqari, Brillianto “Espanyol”ning 120 yilligi munosabati bilan zargarlik buyumlari kolleksiyasini yaratdi. Ushbu kolleksiyadagi 1 karatlik olmosdan ishlangan zargarlik buyumlari 13 189 yevroga, 0,5 karatliklari esa 2 287 yevroga, 0,25 karatliklari 650 yevroga va 0,1 karatlik olmos javohiri 299 yevroga sotilgandi.

Kiritildi: 17:29, 15.07.2023.
O'qildi: 9970 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик