Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Tohir Mo‘minov: "Andijon"ga muxlislik qilaman"

Tohir Mo‘minov: "Andijon"ga muxlislik qilaman"

Baho:
+ | -

"Ravshan" hamda "Andijon" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin "Ravshan" jamoasi bosh murabbiyi Tohir Mo‘minov "Andijon" matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Dastlab, o‘yin xususidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Albatta, uchrashuv to‘g‘risida yaxshi fikrdaman. Ikkita o‘yin o‘tkazdik va yaxshi taassurotlar qoldi. Birinchi “Buxoro”, keyin esa mana “Andijon” bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Bunday bahslar bizga OFK Kubogiga yaxshigina tayyorgarlik vazifasini bajardi, deb o‘ylayman. Agar yana imkoniyat bo‘lsa, shunday jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni xohlardim. Mana shunday uchrashuvlar orqali futbolchilarimizning tayyorgarlik jarayonlari shakllanib boradi. Bugungi uchrashuv hujumkor va do‘stona ruxda kechdi va menga har tomonlama yoqdi.

- Demak, o‘yindan qoniqdingiz-a?

- Albatta, qoniqdim. Avvalgi uchrashuvimizga qaraganda, bu o‘yinda ozgina farqli tomonlari sezildi. “Andijon”ga qarshi jamoamni yaxshi tayyorlagandim.

- Sobiq jamoangiz haqida nima deya olasiz?

- Albatta, o‘zbek va tojik futboli rivojlanib boryapti. Men “Andijon” jamoasiga ikkinchi davrada omad tilayman. Tabiiyki, bu klubga muxlislik qilaman. Turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda bo‘lishini xohlayman. Asosiy tarkib saqlanib qolinib, tayyorgarlik jarayonlari yaxshi o‘tsa, o‘ylaymanki, “Andijon” kuchli klublar qatoriga kiradi. Bu borada ularga omad tilayman.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:35, 17.07.2023.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик