Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ochilish o‘yini Yangi Zelandiyaning eng ko‘p tashrif buyurgan o‘yiniga aylandi

Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ochilish o‘yini Yangi Zelandiyaning eng ko‘p tashrif buyurgan o‘yiniga aylandi

Baho:
+ | -

2023 yilda Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining mahalliy terma jamoa va Norvegiya terma jamoasi o‘rtasidagi ochilish o‘yini (1:0) mamlakat futboli tarixidagi eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan uchrashuvga aylandi. Bu haqda jurnalist Osif Burxon ma’lum qildi.

Yangi Zelandiya va Norvegiya ayollar terma jamoalari uchrashuviga 42 137 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu holat 2017 yilda Vellingtonda o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi o‘yiniga tegishli bo‘lgan tashrif bo‘yicha milliy rekordni yangilashga imkon berdi. O‘shanda Peru terma jamoasiga qarshi o‘yinga 37 034 nafar muxlis tashrif buyurgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiya va Norvegiya uchrashuvi Oklenddagi "Eden Park" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yindan oldin ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, har ikki jamoa o‘sha kuni ertalab sodir bo‘lgan otishma qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashdi.

Kiritildi: 14:31, 20.07.2023.
O'qildi: 1870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.