Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Navbahor» nazorat bahsida Pro liga klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

«Navbahor» nazorat bahsida Pro liga klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘idagi tanaffus paytida futbolchilarning jismoniy holatlarini maromida ushlab turish maqsadida, “Navbahor” bugun “Andijon-SGS” jamoasiga qarshi nazorat-sinov bahsini o‘tkazdi. Unda Samvel Babayan shogirdlari yirik – 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur bellashuvning 1-bo‘limida maydonda asosan yosh futbolchilar harakat qilishdi. Asosiy tarkibdan esa 3-4 nafar futbolchi maydonga tushdi, xolos.

Shu bois, bo‘lsa kerak, bellashuvni faol tarzda boshlagan andijonliklar 2-daqiqadayoq O‘ktam Abdumalikovning golidan so‘ng, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi - 0:1.

Albatta, uchrashuvning bunday tus olishi mezbonlarni qoniqtirmasdi. Natijada hujumkorlikni kuchaytirgan “lochinlar” 23-daqiqada standart vaziyatdan so‘ng, hisobni tenglashtirishdi.

O‘sha vaziyatda Shodiyor Shodiboyev burchak zarbasini Muzaffar Mo‘minov bilan to‘pni o‘zaro o‘ynagan holda, amalga oshirdi.SHodiboyevdan ikkinchi marta to‘pni qabul qilib olgan Mo‘minov raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan holda, kuchli zarba yo‘llab, mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, jamoalarning tanaffusga 1:1 hisobidagi durang natija bilan chiqib ketishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘limni faol tarzda boshlagan maydon egalari 58-daqiqaga kelib, 31 yoshli tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqovning 8 daqiqa ichida amalga oshirgan “xet-trik”i evaziga hisobning yirik – 4:1 ko‘rinish olishini ta’minladi.

Shundan so‘ng, “Navbahor” ustozi Samvel Babayan zaxiradan maydonga asosiy tarkibning qolgan futbolchilarini tushirdi.

Bu esa o‘z samarasini berib, oldiniga “Navbahor” tarkibiga yaqinda qo‘shilgan gruziyalik hujumchi Toma Tabatadze o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 69-daqiqada Jasurbek Yaxshiboyevning o‘ng qanotdan andijonliklar jarima maydonchasi ichiga yetkazib bergan to‘pini Farrux Ikromov darvozaga aniq yo‘llab, yakuniy hisobning 6:1 ko‘rinish olishini ta’minladi.

Nazorat o‘yini
“Navbahor” – “Andijon-SGS” – 6:1 (1:1)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 109 tomoshabin.  
Gollar: Muzaffar Mo‘minov (23), Temurxo‘ja Abduxoliqov (50, 52, 58), Toma Tabatadze (64), Farrux Ikromov (69).
Hakamlar: Isroiljon Imomnazarov, Islomjon Nosirov, Azizbek Zokirov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:09, 23.07.2023.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.