Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Keyn klubi oldidagi qarzini uzdi, "Tottenxem" uza oldimikin?

Keyn klubi oldidagi qarzini uzdi, "Tottenxem" uza oldimikin?

Baho:
+ | -

Xarri Keynning amaldagi shartnomasi bu yozning deyarli asosiy transfer dostoniga aylandi. "Bavariya" ayniqsa, "Tottenxem" va Keynga qarshi turli bosim vositalaridan faol foydalanmoqda. Futbolchini “Real” va “PSJ” ham xohlashdi, unga Saudiya Arabistonidan shayxlar qiziqish bildirishdi, Daniel Levi esa shartnomani uzaytirishdan umidvor.

Ammo yaqinda 30 yoshga to‘ladigan futbolchining qanday xususiyati jozibali? Hujumchi “shporlar” libosida o‘ynab, o‘z uslubini o‘zgartirdi va jamoa va muxlislar uchun ishonchlilik va natijalar qo‘rg‘oni bo‘lib qoldi. Xarri Keyn - "Tottenxem"da 3 marta eng yuqori cho‘qqiga erishgan ajoyib futbolchi. Quyida uning buyuklik sabablari haqida gaplashamiz.

 

2017/18 yilgi mavsumda Xarri Keyn eng yuqori hujumkor jamoada o‘ynadi. Maurisio Pochettino boshchiligidagi "shporlar" Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egalladi (faqat ikki Manchester klubi undan yuqoriroqda edi). O‘shanda "shporlar" buyuk Londonning birinchi raqamli jamoasi maqomini oldi. O‘yin uslubi ham, o‘yinchilarning shakli ham bunga imkon berdi. Yarim himoya muvaffaqiyatli bosim o‘tkazardi, to‘pni olib qo‘yish va uni tezkorlik bilan old chiziq vakillariga yetkazishda "Tottenxem" ancha xavfli edi. Bu uslubda jamoaga yuqori darajadagi futbolchi kerak edi. Bu Keyn bo‘lib chiqdi. Xarri o‘yinni qurishda deyarli qatnashmasdi, forvard 261 marta orqadan to‘pni qabul qilib olgan va o‘zi 94 ta yuqoriga pasni amalga oshirdi. Buning sabablari bor edi - o‘shanda maydon markazida Kristian Eriksen, Dele Alli va Mussa Dembele hukmronlik qilishgan. Bu esa Keyn uchun nominal hujumchi vazifasini xotirjam bajarishga imkon berdi. Xarri o‘sha mavsumda kutilganidan 5 taga ko‘p gol urdi (XG 24,8 hamda 30 ta gol). U deyarli har 6-zarbani golga aylantirdi - jami 181 ta zarbadan.

Uning o‘nyillikdagi statistikasi

Forvard klassik "to‘qqizlik" rolini o‘ynadi, vaqti-vaqti bilan ortga qaytib ham harakat qildi. Buni uning 32 ta asosiy uzatmada ishlagani ham ko‘rsatib turibdi. Bu Xarrining toza hujumchi sifatidagi eng yaxshi mavsumi bo‘ldi. Keyin unga jarohatlar ham xalaqit bermoqchidek edi, ammo bu uning har bir mavsumda 15+ gol urishiga to‘sqinlik qilmadi. Birozdan keyin Keyn o‘z uslubini o‘zgartirdi - u kamroq gol ura boshladi, ammo jamoa o‘yiniga ta’siri kuchaydi. Keyn har tomonlama o‘sib borardi. Joze Mourinyoning "Tottenxem"dagi ikkinchi mavsumi yaxshi boshlandi va Angliya kubogi finalidan bir hafta oldin qilingan chetlatish bilan yakunlandi. 2020/21 yilgi mavsumning muvaffaqiyatli qismini portugaliyalikning Keyn-Son juftligini cho‘qqiga chiqargani bilan eslab qolsak arziydi. Koreyalik futbolchi o‘shanda faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni ko‘rsatgan va o‘z imkoniyatlarini ajoyib tarzda golga aylantirgandi. Ammo bu duyetni Keyn boshqarar edi.

Xavfli vaziyatlarda ishtirok etish

Nominal "o‘nlik"ning yo‘qligi uchun Mourinyo Keynni yarim himoyaga yaqinroq tushirdi - bu Xarrida pleymeykerlik fazilatlarini ochib berdi. Forvard endi o‘zida avval bo‘lmagan jihatlari – o‘yinni qurishda tez-tez qatnasha boshladi. Uning xavfli paslari soni 94 tadan 132 taga, asosiy uzatmalar hajmi esa 1,5 baravarga oshdi. Uning yangicha bo‘lgan chuqurroq pozisiyasini hisobga olsak, Keyn o‘ziga qiyin paslarni kamroq qabul qila boshladi - atigi 185 ta, 2017/18 yilgi mavsumda Xarrida bunday paslar deyarli 1,5 baravar ko‘p topilgan.

O‘ziga qarab yaratilayotgan imkoniyatlar soni ham XG modelida ancha kamaydi. Xarri 20,1 (2017/18 yilgi mavsumdagidan 4 ta kam) gol urdi, raqib darvozasiga deyarli 50 baravar kam zarba berdi. Biroq bu mavsumda ham uning sovuqqonligi pasaygani yo‘q. 20.1 XG bilan Keyn 23 ta gol urdi. Endi kuchli assistentga aylanib borardi. XA (kutilayotgan golli uzatmalar) bo‘yicha Keyn 7,1 ochko to‘pladi (2017/18 yilgi mavsumdagidan 3,5 baravar ko‘p). Bu erda Keynning statistikasi sheriklari tomonidan yaxshilangan. 2020/21 yilgi mavsum Keynning pleymeyker sifatidagi kuchini ko‘rsatdi. "Tottenxem" mavsumni 7-o‘rinda yakunlaganiga qaramay Keyn eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistentga aylandi. Antonio Konte boshchiligida "Tottenxem" 1963/64 yilgi mavsumdan buyon eng muvaffaqiyatli startni amalga oshirgan edi, biroq mavsum yakunida jamoa 8-pog‘onani band etdi va italiyalik murabbiy o‘z lavozimidan chetlatildi, "shporlar" keyingi mavsumda yevrokuboklarsiz qoladigan bo‘ldi. Jamoa hujumdagi inqiroz va g‘oyalarning yetishmasligini boshdan kechirdi, shunga qaramay bu "Tottenxem"ga Premyer-ligada 70 ta gol urishga to‘sqinlik qilmadi, bu "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "Aston Villa"dan ko‘proq degani. Sizningcha, bu muvaffaqiyatga kim ko‘proq hissa qo‘shgan? Xarri Keyn qiyin va bahsli mavsumda "shporlar"ning qutqaruvchisi bo‘ldi. O‘yin davom etar ekan, Keynning roli o‘zgardi. Boshida Xarri hujumkor uchlikka yaqinroq o‘ynardi, ammo jarohatlar ko‘payib, yetakchilar kamaygani uchun u pastroqqa cho‘kishga majbur bo‘ldi. Keynning o‘yinni qurishdagi roli sezilarli darajada oshdi - u 180 ta yuqoriga aniq uzatmalarni amalga oshirdi va uning 57 tasi xavfli ko‘rinish olgan. Xo‘sh, bu ajoyib emasmi?

O‘tgan mavsumdagi Keynning maydondagi chizgilari

Bugungi Xarri Keyn jamoaning 80 foiz kuchini tashkil qiladi. Xarri zamonaviy futbolda tobora kamayib borayotgan shaxsiyat namunasidir. Uchta butunlay boshqacha murabbiy uslubida ham Xarri aql bovar qilmas formasini ko‘rsatdi. U Daniel Levi talab qilgan pulga arziydimi? Mutlaqo. Ba’zida bir kishining sa’y-harakatlari butun jamoaning muvaffaqiyati uchun yetarli emas, ammo Keynsiz "Tottenxem" qaysi darajada bo‘lishini tasavvur qilish qo‘rqinchli. U borini klubga berdi, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi va endi Alan Shirerning abadiy ko‘ringan rekordidan uni 47 ta gol ajratib turibdi.

Keyn taqdiri qanday bo‘lishi noma’lum - u erkin agent sifatida ketadimi, shartnomani uzaytiradimi yoki bu yil "Bavariya"ga yo‘l oladimi – barchasi mumkin. Hatto Doktor Strenj uning voqealar rivojini oldindan aytib bera olmaydi. Biroq shu narsani aytishim mumkinki, Xarri Keyn faoliyatini davom ettirish borasidagi har qanday qarori bilan fenomenal bo‘lib qolaveradi. U . U qanday natija bo‘lishidan qat’i nazar, "Tottenxem"ning afsonasi bo‘lib qolaveradi.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 09:29, 24.07.2023.
O'qildi: 1818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.