Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

"MYU" ularni juda erta sotib yuborgan va afsuslangan

"MYU" ularni juda erta sotib yuborgan va afsuslangan

Baho:
+ | -

Balki buni o‘qish, ba’zi "Manchester Yunayted"ning ashaddiy muxlislariga og‘irdir. Ammo bu haqiqat. Jeymi Karrager esa o‘sha haqiqatni aytgandi: "Ser Aleks Fergyuson "MYU"da bir xatoni takror va takror qilgan. U ham bo‘lsa, u ayrim futbolchilarni yetarlicha baholamay, juda erta chiqish eshiklarini ko‘rsatgani edi".
Haqiqatdan ham tarixda shunday holatlar bo‘lgan. Quyida Fergyuson va undan keyin jamoani erta tark etgan futbolchilarni bilib olasiz.

Yap Stam


Ketishi: 2001
Sotilgan: "Lasio"

Stam "Old Traford"dan ketishini shunday izohlaydi: "Mashinamga yoqilg‘i quyayotganimdagi birgina qisqa suhbat mening "MYU"dan ketishim uchun yetarli bo‘lgan".
Stam mankunianliklar safida uch mavsum harakat qiladi va ketma-ket chempionlikka erishadi. Uning "Lasio"ga sotilishi esa o‘ta g‘alati va tushunarsiz qaror edi. Buni keyinchalik Fergyusonning o‘zi ham tan olgan.

Diyego Forlan


Ketishi: 2004
Sotilgan: "Vilyarreal"

Hozirgacha Forlan "MYU"dagi muvaffaqiyatsizligi haqida shunday gapirib keladi: "Men unchalik ham omadsiz emasdim. Shunchaki, o‘ynamaganingizdan keyin, sizdan kutilayotgan natijani qilib bera olmaysiz".
Ikki yarim yillik davr mobaynida Forlan ketma-ket uchtadan ko‘p bahsda asosiy tarkibda maydonga tushirilmagan. U Fergyuson jamoasidan ketadi. Forlan "Vilyarreal"dagi ilk mavsumidayoq to‘purarga aylangan. 2009 yilda esa u "Atletiko" safida Messi bilan bir qatorda to‘purarlarga taqdim etiladigan "Pichichi" sovrinini yutgan.

Jerar Pike


Ketishi: 2008
Sotilgan: "Barselona"

Jerar Pike bir umr "Barselona"da o‘ynashni orzu qilardi. Bu orzu 2008 yilda amalga oshadi. Bolaligida Lui van Gal uni futbol o‘ynash, himoyachi bo‘lish uchun o‘ta zaif ekanini aytgan. Biroq, afsonaviy futbolchi taslim bo‘lmadi. Pike "MYU"dagi davrini shunday eslaydi: "Men baribir "MYU"dagi davrimdan roziman. Garchand menga yetarlicha o‘yin vaqti berilmagan bo‘lsa ham, kerakli tajriba orttira oldim. Rio Ferdinand va Nemanya Vidichlar oldida men keyingi o‘rinda turishim tayin edi. Omadsizlim esa, ularning hech qachon jarohat olmaganida. "Barsa"ga ketishim bilan, ular jarohatlarga duchor bo‘ldi. Nima ham derdim, bu futbol".

Vilfrid Zaa


Ketishi: 2015
Sotilgan: "Kristal Pelas"

Ikki yil, uch soatdan kam o‘yin amaliyoti, na gol va na assistlar bilan Zaa "Kristal Pelas"ga sotib yuboriladi. Fergyusonning so‘nggi transferi bo‘lgan futbolchi, Lui van Gal davrida mensilmadi. Ammo vinger yangi jamoasida o‘zgardi. Zaa APLdagi eng yaxshi driblingga ega futbolchiga aylanadi. "Burgutlar" hujumchisi o‘z jamoasida ko‘p yillar mobaynida to‘purar bo‘ldi.

Anxel Di Mariya


Ketishi: 2015
Sotilgan: "PSJ"

Di Mariyaning "Old Trafford"dagi bir yili o‘ta omadsiz kechadi. Uyini o‘g‘ri urgan hujumchi, "MYU" bosh murabbiyi bilan kelisha olmay qoladi. Argentinalik 20 ta o‘yinda 10 ta assistga mualliflik qilgan. Afsuski, Di Mariya van Galga chiday olmadi. Agar chidaganida, tez orada jamoaga Joze Mourinyo olib kelinar, ular yana "Real"dagi birlikni namoyish qilishgan bo‘larmidi...

Memfis Depay


Ketishi: 2017
Sotilgan: "Lion"

Depay Mourinyo davrida kelgan va murabbiydan xafa bo‘lgan. Negaki, hujumchiga yetarli vaqt berilmaydi. Oqibatda, bir mavsumdan keyin u "Lion"ga ketadi. Besh mavsum davomida Depay, Fransiyaning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi. U "Lion"da o‘rtacha har 98 daqiqada bitta golga mualliflik qiladi. Hozirda niderlandiyalik, "Atletiko" futbolchisiga aylangan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:01, 24.07.2023.
O'qildi: 7890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.