Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ular ham jamoasini yangiladi, ammo buni birov bildi, birov bilmadi

Ular ham jamoasini yangiladi, ammo buni birov bildi, birov bilmadi

Baho:
+ | -

Joriy yoz ajoyib o‘tmoqda. Transferlar oynasida ayrim katta klublar o‘z nishonlarini zabt etib ulgurdi. Albatta, yangiliklarda asosan faqatgina o‘sha katta jamoalar va ularning yirik nishonlari haqida so‘z boradi. Biroq, siz payqamay qolgan yulduzlar ham imi-jimida jamoasini yangiladi. Quyida ularning kimligini bilib olasiz.

Jek Batlend

Sobiq "Kristal Pelas" darvozaboni 2023 yilning yanvar oyida "MYU" qo‘shiladi. U "Nyukasl"ga qaytgan Martin Dubravka o‘rnini egallagan edi. Afsuski, bu ko‘chish doimiy bo‘lmadi. Futbolchi yozda erkin agentga aylandi. U yaqindagina "Reynjers" bilan bitim tuzgan edi.

Konrad Laymer

Laymer allaqachon "Bavariya" bilan kelishib olgandi. Shu sabab u "Leypsig" bilan xayrlashib, Germaniya chempionlari safiga yo‘l oldi. Avstriya terma jamoasi a’zosi APLga o‘tadi degan gap-so‘zlar yangragandi. Ammo, yakunda "Bavariya" yarim himoyachini o‘ziniki qildi.

Nabi Keyta

Keytaning "Liverpul" safini tark etishi ma’lum edi. Futbolchi o‘zining og‘ir davrlarini aynan Klopp jamoasida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Keyta 2018 yilda "Leypsig"dan sotib olinadi. Ammo unga jarohatlar erkin faoliyat yuritishga halaqit berdi. Keyta erkin agent sifatida shu yozda "Verder Bremen" safiga yo‘l oldi.

Fran Garsiya

Garsiyaning ijaradagi davri yomon o‘tmadi. Shu sababli "Real" uni sotib olishga qaror qildi. 23 yoshli himoyachi "Rayo Valyekano"dan Madridga yo‘l oldi. Uning xaridi "qirollik klubi" uchun 5 million yevroga tushdi. Garsiya 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Jefferson Lerma

"Bornmut" o‘z tarixidagi eng qimmat transferlardan biri bilan bu yozda xayrlashdi. Lerma 2018 yilda "Levante"dan 30 million yevroga xarid qilingandi. U "olchalar"ni APLga qaytarishda muhim rol bajargan. Yarim himoyachi erkin agentga aylangach, "Kristal Pelas"ga o‘tish borasida harakatni boshladi va kelishuvga erishdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:55, 24.07.2023.
O'qildi: 1668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик