Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 1-1 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Obameyangning otasi o‘g‘lini "Marsel"ga o‘tishini qanday tashkil qilganini aytib berdi

Obameyangning otasi o‘g‘lini "Marsel"ga o‘tishini qanday tashkil qilganini aytib berdi

Baho:
+ | -

Joriy yozgi transfer oynasida gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang Londonning “Chelsi” klubini tark etdi va erkin agent sifatida Fransiyaning "Marsel" jamoasiga o‘tdi.

"Provansliklar" 34 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun futbolchining otasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transfer bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Futbolchining otasi muzokaralar tafsilotlari haqida gapirdi.

"6 iyul kuni men kasalxonaga operasiya qilish uchun qaytishim kerak bo‘lganida, vaziyat juda murakkablashdi. Pyer bu yomon xabarni qattiq qabul qildi.

Biroq, operasiyadan keyin kasalxonada, "Marsel" prezidenti Pablo Longoriya shaxsan tashrif buyurdi va "Marsel"ni rivojlantirish loyihasini taqdim etdi.

Keyin u haqiqatan ham hamma narsani ochiq-oydin aytdi, shuning uchun men o‘g‘limning yaxshi klubda bo‘lishiga shubha qilmadim.

Qolaversa, bosh murabbiy Marselinyo ham shaxsan unga qiziqayotganini bilardim.

Keyin bu suhbat bo‘yicha o‘z xulosalarimni Pyerga ma’lum qilishgina qoldi. Men unga video havola orqali qo‘ng‘iroq qildim va darhol: "Allez l'OM!!" (Olg‘a, "Marsel!" muallif) - dedim

Keyin u shunchaki kulib yubordi va men unga aytdim: "Ha? Demak, baxtlisan yoki yo‘qmi?"

Va u menga javob berdi: "Qanday qildingiz? Ayting-chi! Hazillashmayapsizmi? Bu qandaydir aqlbovar qilmas narsa!" - dedi.

Keyin "Chelsi"dan ba’zi tafsilotlarni kelishib olishimiz kerak edi. Ammo o‘g‘lim “Marsel” stadionidagi muhitni shunchalik yaxshi ko‘radiki, u menga: “Bu yerda mening birinchi golimni tasavvur qila olasizmi?”, dedi.

O‘shanda unga birinchi o‘yinda uni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelishga va’da berdim”, — dedi gabonlik futbolchining otasi.

Kiritildi: 21:19, 24.07.2023.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.