Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Allegri: "Pogbaning qachon qaytishini bilmaymiz"

Allegri: "Pogbaning qachon qaytishini bilmaymiz"

Baho:
+ | -

Fransiyalik markaziy yarim himoyachi Pol Pogba so‘nggi paytlarda professional faoliyatidagi eng yaxshi yillardan uzoqda yashamoqda.

30 yoshli futbolchi o‘tgan futbol yilida juda ko‘p murakkab jarohatlar oldi, jumladan meniskus yirtilishi va unga bog‘liq tizzadagi jarrohlik amaliyoti, shuningdek, bo‘g‘im va son jarohati.

Shu fonda, u hali ham ushbu mavsum oralig‘ida mashg‘ulotlarga qaytishi kutilgan edi, ammo oxirgi daqiqada murabbiylar uni AQSHdagi o‘rtoqlik turniri uchun qaydnomaga kiritmadilar.

Bosh murabbiy Massimiliano Allegri Pogbaning holati haqida fikr bildirdi.

"Deyarli butun mavsum davomida bizning ixtiyorimizda Pol kabi futbolchining yo‘qligi, shubhasiz, klub uchun muammo bo‘ldi.

Afsuski, bu bosqichda u faqat mashg‘ulotlarga qaytish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Maqsad, uni imkon qadar tezroq qaytarishga harakat qilish, ammo hozir u jamoaning qolgan a’zolari bilan mashg‘ulotlarga qachon qaytishi mumkinligini bilmaymiz.

“Milan” va “Real”ga qarshi keyingi ikki o‘yinda undan foydalana olaman deb o‘ylamayman. U biz bilan umumiy guruhda deyarli ishlamagan.

Pol o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo uning ahvoli ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu o‘tgan yili sodir bo‘lgan edi: hammasi yaxshi ketayotganga o‘xshardi, lekin to‘satdan qaytalanish yuz berdi. Bunday bo‘lmasligi kerak" - dedi italiyalik murabbiy.

O‘tgan futbol yilida Pogba 10 uchrashuvda 161 daqiqa o‘ynab, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 21:28, 24.07.2023.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик