Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Sadio Manening nemis nashrlari bilan munosabati yaxshi emas (video)

Sadio Manening nemis nashrlari bilan munosabati yaxshi emas (video)

Baho:
+ | -

Myunxenda “Bavariya”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchilar va murabbiylar shtabi umumiy suratga tushdi.

“Alyans Arena”ga yangi mavsumda tarkibda harakat qiladigan futbolchilar chiqdi. Ular orasida Sadio Mane ham bor edi.

Senegallik futbolchi stadionni tark etarkan, undan intervyu olmoqchi bo‘lgan jurnalistga qat’iy javob qaytardi: “Siz har kuni meni yo‘q qilasiz, yana siz bilan gaplashishimni xohlaysizmi?”.

Sadioning nemis jurnalistlari bilan munosabatlari yaxshi emas. Dastlab, OAV uning o‘yini pasaygani haqida yozgandi, keyin esa Manening Leroy Sane yuziga zarba bergani OAV nishoniga tushib qoldi.

Mane bir yil oldin Liverpuldan Myunxenga o‘tgan edi. Yaqin orada esa futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar bor. L’Equipe nashr xabariga ko‘ra, yarim himoyachi “An-Nassr”ga o‘tishga rozilik bergan. Futbolchining o‘zi “Bavariya”da qolmoqchi bo‘lgan, biroq rahbariyat unga ishonch bildirishni istamagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa mersisaydliklar muxlislari Manening “Liverpul”ga qanday munosabatda bo‘lganini xotirlamoqda;

— “U “Bavariya”ga o‘tganida, ko‘pchilik Germaniyada Sadioga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini yozgandi. Oqibatda nima bo‘ldi? U har kuni jurnalistlardan “zarba” qabul qilib oladi, jamoadoshlari uni hurmat qilmaydi, rahbariyat esa undan qutulmoqchi. Endi aytingchi, u “Liverpul”dan ketishi kerakmidi?

— “Hattoki, Angliya nashrlari Sadioga Germaniyadagidan ko‘ra hurmat bilan munosabatda bo‘lardi. Bu meni hayron qoldirgan, chuni Britaniya nashrlari, odatda, qattiqroq tanqid bilan yozadi”.

— “Menimcha, Sadioning “Liverpul”dan ketish qarori — faoliyatidagi eng yomon qaror bo‘lgan. Mane “Bavariya”da qolmasa kerak, chunki u klubga kerak emas. Endi u Saudiya Arabistoniga boradi va o‘sha yerda faoliyatini yakunlaydi. Bunday bo‘layotganidan afsusdaman”.

31 yoshli futbolchi 2022 yil yozida myunxenliklar tarkibiga qo‘shilgan va o‘tgan mavsum Bundesligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:14, 24.07.2023.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик