Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Andijon" 14-turdan "Bobur arena"ga qaytadi

"Andijon" 14-turdan "Bobur arena"ga qaytadi

Baho:
+ | -

Superliganing ikkinchi davrasidan boshlab “Andijon” uy uchrashuvlari “Bobur arena”da o‘tkaziladi.

“Bobur arena” Superliga talablariga mos kelmasligidan kelib chiqib, “Andijon” mavsumning birinchi davrasini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazdi. Endilikda Liganing sug‘orish va drenaj tizimiga, shuningdek, maydon maysasiga qo‘yilgan talab to‘liq bajarilgan. Projektorning talab etilgan lyuksini ko‘tarish ishlari esa davom etmoqda.

So‘nggi ikki hafta ichida Liga mutaxassislari ikki bor “Bobur arena”ni ko‘zdan kechirdi. 27 iyul oqshomida stadion projektorlari qayta o‘lchanadi. Joriy yilning 1 avgust sanasiga qadar projektor yorug‘ligi o‘rtacha 1800-2000 lyuksga yetkazilmasa, “Andijon” 15-turdan boshlab yana “Istiqlol” stadioniga qaytishi ko‘zda tutilgan.

Klub Bo‘stondagi maydon va u bilan bog‘liq ishlarni to‘la yakunlamaganidan kelib chiqib, “Nasaf U21” jamoasiga qarshi bellashuv ham “Bobur arena”da o‘tkaziladi. Bu borada Liga maydon holati yuzasidan uning ustida ishlagan mutaxassislar bilan fikr almashgan.

Kiritildi: 19:34, 25.07.2023.
O'qildi: 2439 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик