Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Dunyoning eng yaxshi maoshga ega murabbiylari: Jerrardga Anchelottidan yaxshiroq to‘lanadi

Dunyoning eng yaxshi maoshga ega murabbiylari: Jerrardga Anchelottidan yaxshiroq to‘lanadi

Baho:
+ | -

"MYU" ustozi Erik ten Xag va "Arsenal" menejeri Mikel Arteta dunyoning eng yaxshi haq to‘lanadigan murabbiylari sirasiga kirmaydi. Bu esa odamni ajablantiradi, albatta. Eng yaxshilar qatoridan bu borada "Liverpul", "Manchester Siti", "Bavariya", "Yuventus", "Barselona" va "Real" kabi klublar murabbiylari e’tirof etilgan.
Diyego Simeone balki dunyoning eng katta klubida ishlamas. Ammo uning oladigan maoshi boshqalarnikidan ancha yaxshidir. Ayni damda Simeone bir klubda uzluksiz ishlab kelayotgan murabbiylar ichida birinchi o‘rinda turibdi. U 2011 yildan beri "Ateltiko"ni boshqaradi. Argentinalik mutaxassis bu davr mobaynida ikki bor La-ligani qo‘lga kiritdi. Jamoasini ikki marta YECHL finaliga olib chiqdi. Qolaversa, uning davrida "Atletiko" tinimsiz YECHL qatnashchisi bo‘lib kelmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Simeone yiliga 34 million yevro maosh oladi. Uning amaldagi bitimi esa 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.

APL dunyoning eng tomoshabop ligasi sifatida katta foyda ko‘radi. Shunday bo‘lsada, ingliz klublari murabbiyga maosh to‘lash masalasida ancha xasis ekan. Bu borada kuchli 12 talik ichidan faqat uchta APL klubi joy olgan xolos. Xususan, "Manchester Siti" ustozi Gvardiola va "Liverpul" vakili Yurgen Klopp, ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rnidan joy olgan.
Ro‘yxatga yangi kirgan nom bu Stiven Jerrarddir. Uning "Al-Ittifoq"da ish boshlashi, yirik maosh olishini ta’minladi. Shu sababdan Jerrard ish haqi borasida APLning ko‘plab murabbiylarini quvib o‘tdi va to‘rtinchi o‘ringa joylashdi.

"Yuventus" murabbiyi Maks Allegri, "Bavariya" vakili Tomas Tuxel va "Real" ustozi Karlo Anchelottilar mos ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi o‘rinlarni band etganlar. Ro‘yxatda Joze Mourinyo nomini ko‘rish hamma uchun normal holatdir. Ammo "Volfsburg" bosh murabbiyi Niko Kovachning 12 talik ro‘yxatga kirishi hayron qolarli holat. Shuningdek, so‘nggi nom Xavi bo‘lib, "Barselona" unga tez orada yaxshiroq maoshni ko‘zda tutadigan bitim taklif etishi aytilgan.
Quyida to‘liq ro‘yxat taqdim etiladi.

1. Diyego Simeone – 34 million yevro
2. Pep Gvardiola – 22 million yevro
3. Yurgen Klopp – 18 million yevro
4. Stiven Jerrard – 17.6 million yevro
5. Massimiliano Allegri – 12.8 million funt
6. Tomas Tuxel – 12 million yevro
7. Karlo Anchelotti – 11 million yevro
8. Simeone Inzagi – 10 million yevro
9. Joze Mourinyo – 9 million yevro
10. Xabi Alonso – 5 million yevro
11. Niko Kovach – 4 million yevro
12. Xavi – 3.8 million yevro

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:01, 25.07.2023.
O'qildi: 2038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.