Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Barchaning e’tiborida bo‘lgan arab klublarini rasmiy turnir kutmoqda

Barchaning e’tiborida bo‘lgan arab klublarini rasmiy turnir kutmoqda

Baho:
+ | -

27 iyul kuni “Arab chempionlar kubogi” turniri boshlanadi. Musobaqada arab klublaridan tashqari Osiyo va Afrikadan jamoalar ishtirok etadi. Bugun biz jamoalarning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini aniqlashga harakat qilamiz.

A guruhi

"Al-Ittihod". Saudiya Arabistoni va uning mintaqasidagi eng kuchli klublardan biri. Benzemaning yangi klubi o‘z mamlakatida ushbu turnirda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan yagona jamoadir. Guruhdagi raqiblari fonida Jidda klubi favoritga o‘xshaydi. “Yo‘lbarslar”ning o‘rinbosarlar jamoasiga ko‘proq imkoniyat berilishi mumkin, ammo legionerlarsiz ham jamoaning pley-offga chiqishiga umid qilish mumkin.

"Esperanc". Musobaqaning uch karra g‘olibi. "Esperans" - Tunisdagi eng ko‘p titulli klub. Jamoaga ko‘plab yangi iqtidorli yosh futbolchilar kelib qo‘shildi. Ularning eng yorqin misollari orasida Sedrik Gbo va Hussem Tka bor. Gbo "MLS Next Pro"dan ijaraga olingan. Gbo to‘p uzatishlarda aniqlik va maydonni ko‘rish qobiliyatiga ega, Tunisning boshqa klubida o‘ynagan Tka esa krosslarni a’lo darajada bajaradi. Katta yoshli futbolchilar ichida maydon o‘rtasidan hujum tashkil etishda yaxshi bo‘lgan Sobir Bougringni alohida ta’kidlash mumkin. "Esperans" butun turnir davomida yosh o‘yinchilari bilan yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Jamoa birinchi o‘rinni egallashi qiyin bo‘ladi, ammo ikkinchi o‘rin uchun kurash olib borishi mumkin

"Al-SHorta". Iroq klublari hozir qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda inflyasiya yuqori darajaga yetdi. Bu sportga ham ta’sir qildi. Hozir jamoaga iroqlik 41 yoshli mutaxassis Ahmad Saloh ustozlik qilmoqda. Futbolchilardan qatorasiga 8 mavsumni “Al-SHorta”da o‘tkazgan Ahmad Basil va bir paytlar OCHLda o‘ynagan Alaa Abdulzahrani alohida takidlab o‘tish joiz. Klubdan yaxshi natija kutish qiyin, albatta. 

B guruhi

"Al-Hilol". Klubda himoya markazida muammolar bor. Ayni damda jamoaning 4 nafar markaziy himoyachisida o‘yinga xalaqit beradigan jarohat bor. Faqat Kulibaliga yagona umid bor. Jamoada legionerlardan tashqari mahalliy futbolchilar ham yetarlicha kuchli tayanchga ega. Jamoa darvozaboni Muhammad Al-Ovaysni qayd etish kerak, uni Qatardagi jahon chempionatida Argentinaga qarshi o‘yindan bilishingiz mumkin. Klubning yangi murabbiyi qurgan taktikaga ham nazar tashlash qiziq bo‘ladi.

“As-Sadd”. Bu klubni guruhning birinchi o‘riniga qo‘yish mumkin, ammo jarohatlar jamoani ancha qiynab qo‘ygan. Qatar klubi o‘z tarixidagi eng yaxshi transfer mavsumlaridan birini o‘tkazdi. 6 nafar yaxshi saviyadagi xorijlik futbolchilar xarid qilindi: Ekvador terma jamoasi futbolchisi Gonsalo Plata, braziliyalik yosh iqtidor Jovani, “Volfsburg”ning asosiy himoyachisi Paulo Otavio, “Portu”ning sobiq futbolchisi, Premyer-ligada 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan futbolchi Matey Uribe, Romain Saiss va Eron chempionati markaziy himoyachisi Muhammad Xazbaviy. Bunday tarkib bilan birinchi o‘ringa ishonish mumkin, ammo 3 nafar legioner jarohat oldi. Jovani bir yilga safdan chiqdi, Otavio arab klublari turnirini o‘tkazib yuborishi mumkin, Saissning jarohati haqida hech narsa ma’lum emas. Biz faqat jamoaning qolgan tayanchiga umid qilishimiz mumkin.

“Vidad”. Marokashning eng kuchli jamoalaridan biri. Klubning ro‘yxatida olti nafar xalqaro toifadagi futbolchi bor. Jamoa yaxshi himoya chizig‘iga ega. Marokash terma jamoasida tarkibni yoshartirish vaqti keldi, chunki ko‘pchilik futbolchilar allaqachon 30 ga yaqinlashgan. Klub yaqinda "PSV" yoshlar akademiyasida murabbiylik qilgan yangi murabbiyni taklif qildi.

"Al-Ahli Tripoli". Liviya klubi. Jamoa ketma-ket 21 uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramadi va yaxshi sur’atga erishdi. O‘z uyidagi muvaffaqiyatga qaramay, jamoa xalqaro maydonda omadli emas. Jamoa liviyalik futbolchilar va Ruanda va Tunisdan bir nechta sportchilardan iborat.

C guruhi

"An-Nasr". O‘ylashimizcha, bu turnirning eng aniq favoriti. "An-Nasr" klubi nafaqat transferlar, balki o‘z o‘yini bilan ham kishini hayratda qoldiradi. Jamoa uch yil ichida birinchi marta chempionlik kumush medalini qo‘lga kiritdi va endi chempionlikni maqsad qilgan. Bu turnir chempionat mavsumi uchun yaxshi start bo‘lib xizmat qilishi mumkin. “An-Nasr”ni yaxshi hujum va himoya chizig‘i bilan eslash mumkin. 

“Ash-SHabob”. Jamoa o‘tgan yilgi transferlari bilan yodda qolgan. Krixovyak va Santi Minani aytish mumkin. Santi Mina Ispaniyadagi omadsizlikdan qochishni xohladi. Jamoa transfer bozorida u qadar faol emasdi. Klub kelajagi haqida aniq bir narsa deyishning iloji yo‘q. 

"Monastir". Tunisdan yana bir jamoa. Ular juda yosh tarkibga ega. Klub ushbu transfer oynasida ajoyib ish qildi. Ko‘plab o‘yinchilar qo‘yib yuborildi, biroq ularning o‘rnini yangilari egalladi. Tajribali futbolchilar orasida Ziyed Alouya va Idrissa Mhrisi bor. 

“Zamalek”. So‘nggi paytlarda jamoada biroz inqiroz bor. Chempionat yakunidan so‘ng klub avvalgisidan ikki qator pastga tushdi. Jamoaning asosiy tayanchini misrliklar tashkil etadi. Jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri Zizo bo‘lib, u keyingi turnirda o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.

D guruhi

"Al-Vahda". BAAdagi 22/23 mavsum kutilmagan bo‘ldi. “Al-Vahda” bir necha yil davomida kuchli beshlikdagi o‘rnini saqlab qola oldi. Yozgi transferlar vaqtida jamoa ko‘plab erkin agentlar bilan shartnoma imzoladi va "Ash-SHabab"dan Kristian Blankoni ijaraga oldi. Jamoaning asosiy quroli - bu hujum. Joau Pedo va Omar Xribin bir-birini mukammal tarzda to‘ldirishadi. BAA chempionatining 22/23 mavsumida ular 20 dan ortiq gol urishdi.

“Radja”. Endilikda Kasablanka jamoasini sobiq “Lokomotiv” ustozi boshqaradi. Klub o‘zining BAAdagi hamkasblaridan yaqqol pastroq, ammo tajribali darvozabon bilan faxrlanadi va u jamoaga muvaffaqiyatning asosiy ulushini keltiradi. Jamoa 2013 yilda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalchisiga aylangandi.

“Beluizdod”. 9 karra Jazoir chempioni. Ularning mamlakatida bu jamoa tarixdagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Klub 20 000 tomoshabinga mo‘ljallangan katta stadionga ega. “Beluizdod” safida bir vaqtning o‘zida 9 nafar jazoirlik yosh futbolchi to‘p tepadi. Joriy yozda klub gollandiyalik futbolchi Ussama Darfalouni sotib oldi. Boshqa o‘yinchilardan Belaid Hamidi va Muad Haddedni eslatib o‘tmoqchimiz. Balki, klubga pley-offga chiqish uchun bir-ikki ochko yetishmayotgandir.

“Al-Quvayt”. Quvayt klublari o‘z mintaqasidagi eng zaifi klub hisoblanadi. "Al-Quvayt" uchun bunday turnirga kirish juda quvonarli. O‘yin amaliyoti yo‘qligi bois, bitta ham g‘alaba qozonish qiyin bo‘ladi.

Saudiya Arabistonidagi klublarning transferlariga qanday munosabatda bo‘lishingizdan qat’i nazar, bu yerda g‘olibni aniqlash qiyin. Ko‘ramiz, bu safar kim chempion bo‘ladi.

Kiritildi: 20:27, 26.07.2023.
O'qildi: 2673 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.