Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

APL klublari Twitter'da qancha obunchachilarga ega?

APL klublari Twitter'da qancha obunchachilarga ega?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ayni damdagi holatga ko‘ra, Twitter'da eng ko‘p obunachilarga ega. Albatta, bu nisbat faqatgina APL klublariga qarab olingan. Bu borada "MYU"ning eng yaqin ta’qibchisi bilan katta farq mavjud. Zamonaviy dunyoda odamlar hayotidan ijtimoiy tarmoqlar chuqur o‘rin egalladi. Xususan, Twitter ham. Futbol muxlislari unga sevimli jamoasini kuzatish, yangi xabarlar o‘qish va ba’zida, nostalgik videokliplar tomosha qilish uchun kiradi.

"MYU" Angliyada eng ko‘p obunachiga ega klubga aylangan. "Qizil iblislar"ni dunyo bo‘ylab Twitter'da jami 36.5 million odam kuzatadi. Bu borada kuchli to‘rtlikni "Chelsi", "Liverpul" va "Arsenal" egallagan. Ularning har biri "chug‘urchuq"da 20 milliondan ko‘p obunachiga ega.
O‘tgan mavsumni trebl-sovrin bilan tugatgan "Manchester Siti" Twitter'dagi mashhurligi bilan maqtana olmaydi. Gvardiola jamoasini "MYU"ning umumiy obunachilarining yarmiga teng odam kuzatadi. Ammo sovrinlar yutish, Osiyoga uyishtirilayotgan tinimsiz safarlar orqali bu miqdor oshishi kutilmoqda.

Jadvalning pastrog‘iga nazar solsangiz, "Everton" va "Vest Xem" kabi klublarni ko‘rasiz. Obunachilar soni bo‘yicha "bolg‘achilar" "Nyukasl" bilan teng darajaga ega. "Aston Villa", "Kristal Pelas" va "Vulvz" kabi klublarning Twitter'dagi sahifasini milliondan ortiq inson kuzatadi. Jadvalning so‘nggidan tabiiyki, APL debyutanti bo‘lgan "Luton Taun" o‘rin egallagan. Ushbu klubga "Sheffild" va "Brentford" hamrohlik qiladi. Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin.

 

1. "Manchester Yunayted" – 36.5 million
2. "Chelsi" – 25 million
3. "Liverpul" – 23.8 million
4. "Arsenal" – 21.8 million
5. "Manchester Siti" – 16.5 million
6. "Tottenxem" – 8.7 million
7. "Everton" – 3 million
8. "Nyukasl" – 2.6 million
9. "Vest Xem" – 2.6 million
10. "Aston Villa" – 2.3 million
11. "Kristal Pelas" – 1.4 million
12. "Vulverxempton" – 1.2 million
13. "Brayton" – 902.8 ming
14. "Byornli" – 795.3 ming
15. "Fulxem" – 730.6 ming
16. "Bornmut" – 682 ming
17. "Nottingem" – 626 ming
18. "Sheffild Yunayted" – 599.3 ming
19. "Brentford" – 336.5 ming
20. "Luton Taun" – 174.3 ming.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:31, 26.07.2023.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.