Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: "Transfer oynasi yakuniga qadar yana bir futbolchi safimizga qo‘shiladi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Transfer oynasi yakuniga qadar yana bir futbolchi safimizga qo‘shiladi"

Baho:
+ | -

Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuv ajoyib atmosfera ostida o‘tdi. Bugun jang bo‘lishi kutilgan edi va amalda ham shunday bo‘ldi. Qisman tashabbus bizda bo‘ldi. Vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, ammo gol kirita olmadik. “Andijon” o‘z muxlislari qarshisida yaxshi himoyalandi. O‘ylashimcha, ularni 1 ochko qoniqtiradi. Maydon holati buguni bellashuvning borishiga ham ta’sir o‘tkazdi.

Jigauri nazorat bahslarida ham ishtirok etdi va shu sabab unga imkon berdik. Chavez esa jamoamizga biroz kech qo‘shildi. Uning jismoniy holatini yaxshi ko‘rinishga keltirishimiz kerak. Qizil kartochka haqida gapiradigan bo‘lsam, gruziyalik futbolchilar odatda qiziqqon bo‘ladi va u bugun provokasiyaga uchradi.

Transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolmoqda. Yana ikki futbolchini tarkibga qo‘shishni rejalashtirgan edik. Lekin kamida bir futbolchini o‘z safimizga qo‘shib olamiz. 31-iyulga qadar ushbu transfer amalga oshadi.

Ba’zi uchrashuvlar bo‘ladi, vaziyatlar yarata olmaysiz va durangni to‘g‘ri qabul qilish mumkin bunda. Bugun esa golga juda ham yaqin keldik. Shu sabab natijadan qoniqmadim”, – dedi Berdiyev.

Kiritildi: 23:04, 28.07.2023.
O'qildi: 1716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.