Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Kunning eng muhim transfer yangiliklari

Kunning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Biz yozgi transfer oynasini kuzatishda davom etamiz. An’anaga ko‘ra, biz siz uchun kechanning eng qiziqarli transfer yangiliklarini to‘pladik.

Sadio Mane rasman Krishtianu Ronaldu jamoasiga qo‘shildi

31 yoshli senegallik vinger Myunxenning "Bavariya"sidan "An-Nasr"ga o‘tdi va so‘nggi xabarlarga ko‘ra, yangi jamoasida yiliga 40 million yevro oladi. Manening jamoadoshlari Ronaldudan tashqari Marselo Brozovich va Aleks Telles bo‘ladi. Yaxshi kompozisiya!

Marko Verratti “Al-Hilol” bilan shartnoma borasida kelishib oldi

“PSJ”ning 30 yoshli yarim himoyachisining Saudiya Arabistoniga transferi tobora yaqinlashayotgandek. Fabrisio Romanoning yozishicha, futbolchi va klub o‘rtasida shaxsiy shartlar allaqachon kelishib olingan. Bu Verratti yaqinda "Inter" bilan o‘rtoqlik o‘yinida qatnashmaganini bilvosita tasdiqlaydi.

Markoning o‘tishiga faqat “PSJ” to‘sqinlik qilmoqda. Fransiya chempionlari va “Al-Hilol” kelishuv summasi borasida kelisha olishmayapti. Parij 30 million yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda, saudiyaliklar esa bunday narxga rozi emas. Yangiliklarni kutamiz!

Janluiji Buffon faoliyatini yakunlaydi

45 yoshli afsonaviy darvozabon yaqin kunlarda futboldagi faoliyatini yakunlashini e’lon qiladi. Jahon chempioni, “Yuventus” bilan bir necha karra Italiya chempioni, “PSJ” bilan Fransiya chempioni ajoyib yutuqlar.

Hakim Ziyeshga Saudiya Arabistonining ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Aftidan, “Chelsi”ni tark etishni orzu qilgan 30 yoshli marokashlik yarim himoyachi oldida tanlov bo‘ladi. Ben Jeykobsning xabar berishicha, "Ash-SHabab" va "Al-Ahli" Ziyeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Avvalroq, "An-Nasr"ning qiziqishi haqida ma’lumotlar tarqagandi.

"Chelsi" Lesli Ugochukvu bilan shartnoma imzoladi

London klubining yana bir transferi. Ugochukvu 19 yoshli yarim himoyachi bo‘lib, u "Renn"dan 27,5 million yevro evaziga kelgan. Futbolchi bilan katta shartnoma imzolangan 7 yillik. Bu Fransiya terma jamoasida debyutini o‘tkazgan ajoyib iste’dod egasi. Yagona savol Lesli dastlabki o‘yinlardanoq asosiy tarkibda o‘ynaydimi?

"Liverpul"ning Romeo Laviya bo‘yicha yangi taklifi rad etildi

Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" "Sautgempton"ga 48 million yevrolik taklif yuborgan, ammo bu ham rad etilgan. 19 yoshli yarim himoyachi hali ham kamida 58 million yevroga sotilishi kutilmoqda, biroq muzokaralardagi vaziyat o‘zgarib borayotgani qayd etilgan.

"PSJ" hujumni kuchaytirish uchun ikkita nomzodni tanlashga qaror qildi

RMC Sport nashrining yozishicha, parijliklar Xarri Keyn transferining realligiga shubha qilishmoqda, shuning uchun ular e’tiborlarini boshqa hujumchilarga qaratishgan. Birinchisi, 24 yoshli fransuz Randal Kolo Muani, u uchun "Ayntraxt" 70 million yevro va bonuslar talab qilmoqda. Ikkinchisi esa “Benfika”dan 22 yoshli Gonsalu Ramush. Ular portugaliyalik uchun bundan ham ko‘proq - bonuslarni hisobga olmaganda 80 million yevro talab qilmoqdalar. Narxlar chakki emas-a?

Kiritildi: 11:45, 02.08.2023.
O'qildi: 2791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.