Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. "Paxtakor" - "Neftchi". Prevyu

Superliga. "Paxtakor" - "Neftchi". Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turida muxlislar navbatdagi bor "o‘zbek klassikosi"ga guvoh bo‘lishadi.

Chempionatlarimizdagi eng jiddiy qarama-qarshilik hamda eng ko‘p chempion bo‘lgan uch jamoaning ikkitasi sanalgan "Paxtakor" va "Neftchi" to‘qnashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgan.

Jamoalar chempionatlar tarixida 57 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 27 g‘alaba, 9 durang va 21 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 95 to‘p kiritgan "Sherlar" 69 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 21tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo‘lsa, 5 bahsda farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. Ikki o‘yin durang bilan tugagan. O‘z maydonimizdagi oxirgi 15 uchrashuvda "Neftchi" faqat birgina bellashuvda gol ura olgan. Jamoamiz uydagi to‘qnashuvlarda 59 gol urgan holda 16 to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

"Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi o‘zbekona mumtoz to‘qnashuv 5 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Kiritildi: 12:33, 04.08.2023.
O'qildi: 2132 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.