Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga. «Neftchi» ikkinchi marta «Paxtakor»ni mag‘lub etdi, «Nasaf» vodiyda yutqazdi, «Buxoro»da muhim g‘alaba

Superliga. «Neftchi» ikkinchi marta «Paxtakor»ni mag‘lub etdi, «Nasaf» vodiyda yutqazdi, «Buxoro»da muhim g‘alaba

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasining 15-turidan o‘rin olgan 3ta o‘yin bugun bo‘lib o‘tdi.

"Paxtakor" o‘z maydonida "Neftchi"ni qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida kiritildi. Diyor Turopov tomonidan olis masofadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p rekoshetga uchradi va Sanjar Quvvatov qo‘riqlagan darvozaga kirib ketdi. "Neftchi" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 31 taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Nasaf" esa Yaypanda turnir autsayderi "Turon"ga yutqazib qo‘ydi. Mezbonlar hujumchisi Humoyun Murtozayev tomonidan birinchi bo‘lim o‘rtalarida urilgan gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

"Buxoro" ham o‘z uyida g‘alaba nashidasini surdi. Dilshod Jo‘rayevning yagona goli buxoroliklarga "Qizilqum" ustidan g‘alabani taqdim etdi.

Mazkur g‘alabalar tufayli "Turon" va "Buxoro" quyi pog‘onalarni tark etishdi. "Qizilqum" so‘nggi o‘ringa tushib qoldi.

Superliga, 15-tur

BUXORO - QIZILQUM - 1:0 (1:0)
Gol: Dilshod Jo‘rayev, 38 (1:0)

PAXTAKOR - NEFTCHI - 0:1 (0:0)
Gol: Diyor Turopov, 69 (0:1)
Chetlatish: Maksim Shaskix, 52 (murabbiy, "Paxtakor")

TURON - NASAF - 1:0
Gol: Humoyun Murtozayev, 23 (1:0)

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Navbahor 15 10 3 2 26-8 33
2 Neftchi 15 8 7 0 22-10 31
3 Paxtakor 14 10 1 3 23-13 31
4 Nasaf 14 7 4 3 18-11 25
5 OKMK 14 7 2 5 25-20 23
6 Surxon 15 6 5 4 16-14 23
7 Andijon 15 6 3 6 15-13 21
8 So‘g‘diyona 14 5 2 7 16-18 17
9 Olimpik 14 4 4 6 12-17 16
10 Bunyodkor 14 4 4 6 14-18 16
11 Metallurg 15 3 4 8 12-25 13
12 Turon 15 2 6 7 11-18 12
13 Buxoro 15 3 1 11 9-21 10
14 Qizilqum 15 2 4 9 7-20 10
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 05.08.2023.
O'qildi: 3551 marta.
Fikrlar: 65 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик