Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pro liga: «Dinamo» - «Mash’al» o‘yini 13 avgust kuni o‘tkaziladi

Pro liga: «Dinamo» - «Mash’al» o‘yini 13 avgust kuni o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Pro liga 12-turidan joy olgan ikki uchrashuv «Lokomotiv», «Dinamo», «Andijon-SGS» kabi jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi ehtimoliy o‘yinlari sabab sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, deyiladi PFL xabarida.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston kubogi 1/8 final uchrashuvlari 1, 2, 8, 14, 16 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Liga Pro liga jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni 1-2 avgust kunlariga belgilagach, mazkur jamoalar o‘rtada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tanaffus o‘rniga rasmiy uchrashuvlarni 13 avgustda o‘tkazishni so‘rab murojaat qildi. Shundan kelib chiqib, «Lokomotiv» — «Andijon-SGS» hamda «Dinamo» — «Mash’al» uchrashuvlari 13 avgustda o‘tishi kelishildi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston kubogi bilan xayrlashgan yoki kubokdagi o‘yinlari avgustning boshqa sanalariga tayin qilingan Pro liga jamoalari 12-turni 2-3 avgust sanalarida o‘tkazib bo‘lishgandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:39, 05.08.2023.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик