Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

APL tarixidagi eng yaxshi transferlardan tuzilgan ramziy terma jamoa

APL tarixidagi eng yaxshi transferlardan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Angliyaning gigant klublari tarixda ko‘plab omadli xaridlarni amalga oshirgan. Ammo shunday transferlar ham bo‘lganki, ular «Arsenal», «Liverpul» yoki «MYU»ning o‘yin uslubi va qarashlarini butunlay o‘zgartirib yuborgan. Ularning ayrimlari jamoa tarixida yangi davrni boshlab bergan. Quyi­da shunday futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishasiz. Planetfootball.com sayti ularni 4-4-2 taktik sxemasiga joylashtiribdi.

Darvozabon: Petr CHEX  

«Chelsi» 2004 yilda «Renn»dan yoshgina darvozavon sotib oladi. O‘shanda 21 yoshli Chexni nimalarga qodir ekanini deyarli hech kim bilmasdi. Uning kelajagini muxlislar tasavvur ham qilishmagan. Chexiya afsonasi o‘zining debyut mavsumidayoq APLda 15tagina gol o‘tkazib, chempionga aylangandi.  

Markaziy himoyachi: Virjil VAN DEYK  

2017-18 yilgi mavsum Klopp jamoasi uchun zo‘r boshlanadi. Jamoa g‘alabalarga erishadi. Ammo bir muammo bor edi. U ham bo‘lsa, himoyada. Shu sababli 2018 yilning yanvarida 75 million funt evaziga Virjil van Deyk olib kelindi. Mavsum yakunida hammasi darrov sezildi. «Liverpul» YECHL finaliga yetib bordi. APLda esa chempion bo‘la olmagan bo‘lsa ham, 90dan ko‘proq ochko to‘play oldi.  

Markaziy himoyachi: Sol KEMPBELL  

2001 yilda kutilmagan voqea yuz beradi. «Tottenxem»da 300dan ortiq o‘yinlar o‘tkazgan Kempbell «Arsenal»ga yo‘l oladi. Bu voqea Arsen Venger jamoasining 2002 yilni chempionlik bilan tugatishiga sabab bo‘ladi. Kempbell «Arsenal» himoyasini yangi darajaga olib chiqqan edi. Bu narsa 2003-04 yilgi mag‘lubiyatsiz mavsumda o‘z aksini topadi.  

O‘ng qanot himoya: Kiran TRIPPYER  

«Atletiko» bilan 2021 yilgi La Liga chempionligini yutgach, Trippyer yana APLga yo‘l oldi. 2022 yilning yanvarida ligada qolish uchun kurashayotgan «Nyukasl», himoyachini sotib oladi. Trippyer kelgach, hammasi o‘zgardi. Jamoa xavfli hududdan jadval yuqorisiga ko‘tarildi.  

Chap qanot himoya: Patris EVRA  

Balki Evra «MYU»da unchalik katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmagandir. Ammo u, shubhasiz, Fergyuson jamoasining eng yaxshi davrlarida, eng yaxshilardan biri edi. 2005-06 yilgi mavsumning qishida xarid qilingan himoyachi, darrov jamoaga kirishib ketadi. 24 yoshli futbolchi shundan keyin 3ta APL, 3ta liga kubogi va YECHL bosh sovrinini 8 yarim yil davomida qo‘lga kiritdi.  

Markaziy yarim himoyachi: KAZEMIRO  

Oradan atigi bir yil o‘tganiga qaramay, Kazemironi bemalol o‘zgartiruvchi effektga ega futbolchi bo‘ldi deya olamiz. Uning kelishi «MYU»ni titul yutishini ta’minladi. Bundan oldin, 6 yil davomida «qizil iblislar» hech vaqo yuta olmagandi. Kazemiro esa maydon markazida turib, ham hujumni, ham himoyani yaxshilanishiga xizmat qildi.  

Markaziy yarim himoyachi: Kevin DE BRYUYNE  

«Manchester Siti» 2015 yilda rekord summa, 55 million funt evaziga De Bryuyne xaridini amalga oshiradi. Uning kelguniga qadar ham «shaharliklar» maydon markazida David Silva va Yaya Turelar bilan APLda g‘olib bo‘lishga ulgurgan. Biroq, butunlay dominantlik qilish De Bryuyne bilan, Gvardiola davrida boshlanadi. Futbolchi o‘z klassini namoyish etishda davom etib kelmoqda.  

O‘ng qanot vingeri: Muhammad SALOH  

Saloh 2017 yilning yozida «Roma»dan olib kelinadi. U Klopp «Liverpul»ida ko‘p narsani o‘zgartira olgan figuraga aylanadi. Yangi mavsumdagi mersisaydliklarning muvaffaqiyatlari asosida aynan Saloh fenomeni yotgandi. Hujumchi mavsumni jami 32ta gol bilan tugatadi.  

Chap qanot vingeri: Eden AZAR  

Azar 2012 yilning yozida «Chelsi»ga kelgan va 7 yil davomida YECHL g‘olibligiga erisha olmagan. Ammo uning darajasi sabab London klubi boshqa sovrinlarga ega chiqadi. Belgiyalik «Chelsi» bilan 352ta bahsda 110ta gol va 92ta assistga mualliflik qilgan edi. Azar sababli jamoa hujumi o‘zgacha tus oladi.  

Markaziy hujumchi: Erik KANTONA  

Fransuz futbolchisining 1992 yilda «MYU»ga kelishi, ko‘p narsani o‘zgartirgan. Aynan Kantona sababli Fergyuson jamoasi may oyida APLning ilk mavsumi chempioniga aylanadi. Aytish mumkinki, Kantona kabi 30 yilda hech bir futbolchi katta ta’sirga ega bo‘la olmadi.  

Markaziy hujumchi: Tyerri ANRI  

1997-98 yilgi mavsum «Arsenal» uchun chempionlik bilan tugaydi. Ammo jamoaga hujumchi zarur edi. Shu sababli rekord summa evaziga 1999 yilda Anri olib kelinadi. Uning kelishi «MYU» bilan tengma-teng kurasha oladigan jamoani shakllantirdi. Anri «Arsenal»dagi 7 mavsumi davomida 370ta o‘yinda 226ta gol uradi. Bu davr esa klubning eng shonli paytlari edi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:30, 06.08.2023.
O'qildi: 2599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.