Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Kashfiyotchi endi ko‘chirmachi

Kashfiyotchi endi ko‘chirmachi

Baho:
+ | -

Tarixdan futbol kashfiyotchisi sifatida joy olgan «Tumanli o‘lka» millionlar o‘yinini yanada rivojlantirish ustidagi izlanishlarni kengaytirmoqda.

Jumladan, u milliy jamoani jahon terma jamoasiga aylantirmoqda. Hozir «Uch sherlar» tarkibida Irlandiya va yamaykaliklar, hatto hatto ser Aleks sobiq rafiqasining AQSHlik nabirasi to‘p surishmoqda. Maqsad - jahon chempionligini qo‘lga kiritish! Bunga yaqinda chempionlikning 25 yillik yubileyini nishonlagan Fransiya turtki bergan bo‘lishi mumkin.

Finalda mag‘lubiyatga uchragan Kafu, Aldair, Roberto Karlos, Rivaldo, Ronaldo va boshqa o‘yinchilarning etnik kelib chiqishlarini aniqlashning iloji yo‘q - bu afsonalar ajdodlarining qayerlik ekanliklarini bilmaydilar. Fransiyaliklarning ko‘pchiligi esa Yevropa tashqarisida dunyoga kelishgan. Karambyo Tinch okeanidagi Lifu orolidan, bu yer boshqa qit’alardan ko‘ra Avstraliyaga yaqinroq. Tyuram Fransiyaga Gvadelupadan uchib kelgan, Desayi Gananing poytaxti Akrada tug‘ilgan. Jorkayeffning onasi arman ayoli, otasi qalmiq yigiti. Finalda zaxiradan maydonga tushgan Bogossyanning otasi arman, onasi esa argentinalik. Trezegening ajdodlari ham shu o‘lkadan. Viyeyra Senegalda tug‘ilgan.

25 yil ichida bu futbolchilar o‘rnini Mbappe, Ernandes, Kunde, Varan, Tchuameni, Upamekano, Dembela va Grizmannlar egalladilar. Navbatdagi jahon terma jamoasi. Antuan portugaliyalik va nemisning farzandi, faqat ismi fransuzcha. Grizmannga farzandlarni bask ayoli hadya etgani bois, umrining yarmi Ispaniyada o‘tmoqda. Sayyoramizdagi boshqa yetakchi terma jamoalar ham shu taktikadan foydalanishadi. Germaniya, Belgiya va Niderlandiya terma jamoalari tarkibida turli millat vakillari ko‘p. Endi muvaffaqiyatli «jahon terma jamoa»sini yaratish nav­bati Angliyaga keldi. Yevro-2023 turniri bu mamlakat yoshlarining yuksak salohiyat sohiblari ekanini isbotladi.


Irlandiyaliklar -  Angliyadagi eng qimmat futbolchilar

Rays bilan Grilish o‘z vaqtida Irlandiya o‘smirlari safida to‘p surishgan. Deklan - «Chelsi» tarbiyalanuvchisi, 2018 yilgacha Irlandiya safida to‘p surdi. «Bezori» Grilish Angliya termasidan chorlov olishiga ishonmay, «Yashillar»ga yo‘l oldi. Sterling yamaykaliklar vakili, Saka Nigeriyani tanlashi mumkin edi, ammo Angliyada Sautgeytga yordam berishni afzal ko‘rdi. Bobosi va buvisini sog‘inib qolgan paytlarda Keyn jonajon Irlandiyasiga yo‘l oladi, Fillips irlandiyalik ayol va yamaykalik yigit oilasida dunyoga keldi. Maguayrning tarixi yana qiziqarli. Uning ajdodlari fuqarolik urushi davrida qarama-qarshi tomonda edilar. Yamaykalik yigitning farzandi bo‘lmish Uoker sprinterga xos tezlikni otasidan olgan. «MYU» bilan kelishuv muddatini uzaytirayotgan yamaykalik Reshfordning ildizlari Karib orolida. Bellingem otasining 50 foizi Irlandiyaga tegishli, u ham o‘g‘lini «Yashillar» libosida ko‘rishni istagandi. Biroq raqobatda «Uch sherlar» ustun kelishdi. Onasining ajdodlari xususida to‘xtalishni lozim topmadik. Chunki Jud baribir Afrikada o‘ynashni istamasdi. Trippyer esa otasining yurti bo‘lgan Yamaykani rad etib, britaniyalik onasining vatanini tanladi. Roy Kin esa angliyalik eng qimmatbaho futbolchilar uchligiga ajratilgan o‘rinlarni Irlandiya terma jamoasi vakillari egallashganiga chiday olmayapti.

FIFA reytingining yetakchi o‘rinlarini asosan jahon terma jamoalari egallashgan.

Ro‘yxatning yuqori o‘nligida faqat Italiya, Ispaniya va Xorvatiya terma jamoalarining tarkiblari bir xil millat vakillaridan iborat. Braziliya va argentinaliklar - yer yuzining bolalari, fransuzlar va belgiyaliklar - imperiyalar bolalari. Inglizlar, niderlandiyaliklar va portugaliyaliklar ulardan ortda qolmaslikka intilmoqdalar. Italiya va Ispaniya terma jamoalaridagi migrantlar bolalari yil sayin ko‘payib bormoqda. Inglizlar tajribasi yangilik emas, lekin Yevro-2024 turnirida g‘oliblikni taqdim etishi mumkin.

Trent Aleksander-Arnoldning buvisi Nyu-Yorkda yashaydi. U yerga Aleks Fergyuson bilan ajrashib ketganidan keyin borib qolgan. Trentda AQSH terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati yo‘q emasdi. Agar Sautgeyt «Liverpul» lateralini Yevro-2024ga terma jamoaning asosiy xavbeki maqomida olib ketsa, bu Dorin Karling xonim uchun ulkan sovg‘a bo‘ladi. Xonim o‘z vaqtida Fergyuson bilan aloqani uzib, Nyu-Yorkda boshqa kishi bilan turmush qurdi va baxtli hayot kechirmoqda.

Terma jamoalar tobora sayyoramizning turli burchaklaridan noyob iqtidorlarni topib oladigan klublarga aylanib bormoqdalar. Aleksander-Arnoldning bobosi polshalik, otasi Maykl Arnold esa ajdodlari Zimbabvedan bo‘lgan Liverpul fuqarosi. Mashhur Jorj Veaning o‘g‘li Timoti - AQSH terma jamoasi hujumchisi. Ayrim aka-uka futbolchilar turli terma jamoalarda o‘ynaydilar. Inyaki Uilyams Gana sharafini himoya qilmoqda, Niko esa Ispaniyada. Taqdir taqozosi shunday. «Lokomotiv Moskva»ning sobiq o‘yinchisi Joau Mariu Portugaliya terma jamoasida, akasi Eduardo esa Angolada. Jerom Boateng Germaniyada, ukasi Kevin-Prins esa Ganada. Granit Jaka Shveysariya terma jamoasi a’zosi, ukasi Taulant Albaniya termasining o‘yinchisi. Pol Pogbani ukalaridan farqli ravishda, Gvineyaga qo‘yib yuborishmadi. Mazinyoning farzandlari - Tyago va Rafinyalar ham turli terma jamoalarda to‘p suradilar.

Angliyaliklar ixtiyorida ajdodlari britaniyalik bo‘lgan fuqarolar yetarli. Pikford, Shou, Stounz, Uayt, Maunt va Xendersonlar va milliy jamoalarini tanlamadilar. Fransuzlarda Bartez, Lebyof, Desham, Peti, Givarsh va Dyugarrilar shunday yo‘lni afzal ko‘rishgandi.

Zidan Jazoirda faqat mehmon maqomida yuradi, Mbappening Kamerundagi maqomi shunday. Har ikki futbolchi ham o‘zlari uchun jonajon bo‘lgan Fransiyaga nufuzli tojni tuhfa etishdi. Irlandiyalik Xarri Keyn qadrdon Londoniga Yevropa Kubogi bilan qaytish orzusida.

To‘g‘ri, millatlar qorishuvi sovrinlarga kafolat bo‘la olmaydi. Masalan, Belgiya hech narsaga erisha olmadi. Biroq Angliya Fransiya qolipi bo‘yicha ajoyib «banda»ni shakllantirgani - haqiqat.

Kashfiyotchi, endi qisman «ko‘chirmachi». Ijobiy ma’noda, albatta.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 05:47, 10.08.2023.
O'qildi: 1729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.