Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining pik davrini taqqoslaymiz

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining pik davrini taqqoslaymiz

Baho:
+1 | -

Bunga ko‘nikish va qabul qilish biroz qiyin bo‘ladi. Jarayon ma’lum vaqt talab etadi. Biroq 10 yildan ortiq futbol olamizni larzaga keltirgan ikki nom, Messi va Ronaldu, ortiq dunyoning eng yaxshi futbolchilar emas. Bu ikkisi "Real" va "Barselona"da barcha rekordlarni yangilab chiqdi va futboldagi eng katta qarama-qarshilikni yuzaga keltirdi. Ular aynan Ispaniyada o‘zining eng yuqori darajasiga chiqqandi.
Hozir 2023/24 yilgi mavsum boshlanish arafasida turibdi. Bu paytda Lionel Messi MLS'da faoliyat boshladi. Ronaldu esa Saudiya Pro-ligasida ilk to‘liq mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shunday ekan, ushbu daholar ortiq Yevropaga qaytmaydi va o‘zlarining avvalgi darajalariga chiqa olmaydi.

Uzoq vaqt davomida yuqori ritmda harakat qilib kelgan hujumchilar qaysidir davr mobaynida o‘zlarining pikida bo‘lgan. Bugun aynan o‘sha, eng yaxshi individual yilni eslab o‘tamiz. Bu davr Lionel Messi uchun 2011/12 yilgi mavsum bo‘lsa, Krishtianu Ronalduga esa 2014/15 yilda tengsiz bo‘lish nasib etadi. Ular o‘n yildan ortiq vaqt davomida aqlbovar qilmas barqarorlik namoyish etgandi. Gollar va assistlar borasida eng yaxshi ko‘rsatkichga esa yuqoridagi yillarda erishilgan.

Messi 2011/12 yillarda fantastik daraja namoyish etgan. Afsuski, mavsum "Real"ga boy berilib, "Barselona" Ispaniyada chempion bo‘la olmaydi. Qolaversa, Messi YECHL yarim finalida muhim penaltidan foydalana olmay, "Chelsi"ga mag‘lubiyatga sababchi bo‘ladi. Shunga qaramay, mavsum argentinalik uchun sovrinsiz tugamaydi. Kataloniyaliklar Ispaniya kubogiga ega chiqadi. Oradan ikki yil o‘tib, Ronaldu shaxsiy rekordlarini yangilaydi. Har qaysi ko‘rsatkichda tengsiz bo‘lgan hujumchi, jamoasi bilan sovrin yuta olmaydi. Negaki, 2015 yilda barcha sovrinlarni Messi boshchilik qilayotgan "Barselona" olib qo‘yadi.
Quyida ikki afsonaning eng yaxshi yillari solishtiriladi.

Lionel Messi (2011/12)
O‘yinlar: 60 ta
Startlar: 56 ta
Zaxiradan: 4 ta

Gollar: 73 ta
Assistlar: 29 ta
Penaltidan urilgan gollar: 14 ta
Xet-triklar: 10 ta
Jarima zarbasidan gollar: 3 ta

O‘rtacha: har 71.5 daqiqada 1 ta gol
O‘rtacha golda qatnashish: har 51.2 daqiqada

Sovrinlar: Ispaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi mundial g‘olibi, Ispaniya kubogi.

Krishtianu Ronaldu (2014/15)
O‘yinlar: 54 ta
Startlar: 52 ta
Zaxiradan 2 ta

Gollar: 61 ta
Assistlar: 21 ta
Penaltidan: 13 ta gol
Xet-triklar: 8 ta
Jarima zarbasidan gollar: 2 ta

O‘rtacha: har 76.1 daqiqada 1 ta gol
O‘rtacha golda qatnashish: har 56.6 daqiqada

Sovrinlar: UYEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi mundial g‘olibligi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:57, 10.08.2023.
O'qildi: 13938 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик