Kirish Ro'yxatdan o'tish

Al-Xelayfi: «Dembele jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi»

Al-Xelayfi: «Dembele jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi»

Baho:
+ | -

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumkor yarim himoyachi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolangani haqida gapirdi. Futbolchi «Barselona»dan 50 million yevro evaziga sotib olingandi.

«Usmon Dembeleni klubimizda ko‘rganimdan xursandman. U jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi.

«PSJ»da Fransiya termasidan yana bir jahon chempioni borligidan faxrlanaman. Klubimiz yangi buyuk davrni boshlamoqda», - deya Al-Xelayfining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

26 yoshli vinger parijliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

2017 yildan 2023 yilgacha Dembele «Barselona» tarkibida o‘ynagan.

Kiritildi: 17:22, 12.08.2023.
O'qildi: 1676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик