Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

"Real" jarohatlangan Eder Militao o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishi mumkin?

"Real" jarohatlangan Eder Militao o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishi mumkin?

Baho:
+ | -

"Real Madrid" yangi mavsum avvalidan jiddiy yo‘qotishlarga duch keldi. "Qaymoqranglilar" Tibo Kurtuani yo‘qotgan edi. Yaqindagina ma’lum bo‘ldiki, jamoaning eng ishonchli vakillaridan biri bo‘lgan Eder Militao ham jiddiy jarohat olgani sabab, jarrohlik stoliga yotqiziladi va mavsumning katta qismini o‘tkazib yuboradi. Braziliyalik futbolchi so‘nggi mavsumlarda "Real"ning asosiy tarkib vakiliga aylanib ulgurgandi. Endi uning yo‘qligi Anchelotti oldiga yangi futbolchi xarid qilish masalasini qo‘ymoqda. Xo‘sh, Militao o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi bormi? Quyida variantlarni ko‘rib chiqamiz.

1. Emerik Lyaport

Bir paytlar Gvardiola himoyasining tayanchi bo‘lgan futbolchi, vaqt o‘tishi bilan zaxira variantiga aylanib qoldi. "Manchester Siti" o‘tgan mavsum davomida asosan to‘rttalik himoyada harakat qildi. Bu sxemada Lyaportga o‘rin topilmadi. U Gvardiola tomonidan kam foydalanildi. Agarda "shaharliklar" yaxshi taklif olsa, ispaniyalik futbolchi uchun chiqish eshiklari lang ochiladi. Buning ustiga, Yoshko Gvardiolning kelishi, Lyaportning asosiy tarkibga kirish imkoniyatlarini faqatgina kamaytiradi xolos. "Real" esa buni o‘ylab ko‘rishi kerak.

2. Benjamin Pavar

Pavar yoz davomida yangi jamoaga o‘tishi kutilayotgan futbolchilardan biri sanaladi. U "Bavariya"dagi ahvolidan anchadan beri qoniqmayapti. Fransiya terma jamoasi a’zosi uchun "MYU" da’vogarlik qilayotgan edi. Ammo ikki tomon kelishuvga yaqin ham kelgani yo‘q. Shunday ekan, "Real" otni qamchilashi kerak. Asosan, qanotda harakat qiladigan futbolchi, markaziy himoyada ham birdek ishonchli maqomga ega. Shu sabab klub Dani Karvaxal o‘rnini ham bir yo‘la Pavar bilan yopishi mumkin.

3. Antoniu Silva

Aslini olganda "Bavariya" Silva uchun so‘rayotgan summa, "Real" maqsad qilgan taklifdan ancha farq qiladi. Shu tufayli ushbu ko‘chishni yoz oxiriga qadar ko‘rish, asosan imkonsiz ishdir. Ko‘pchilik 19 yoshli futbolchiga kelajak yulduzi sifatida qaramoqda. Lekin "Real" yosh futbolchiga sarmoya kiritishdan tiyilishni afzal ko‘rsa kerak. Negaki, klub katta pulni Mbappe transferi uchun saqlab turibdi. Kutilmaganda, himoyachi xarid qilish esa faqatgina maqsadli byudjetga yuk bo‘ladi.

4. Tiagu Silva

To‘g‘ri, bu xarid haqiqatdan o‘ta yiroq bo‘lishi mumkindir. Ammo buning asoslari mavjud. Xususan, Tiagu Silva uzoq yillar davomida o‘zi harakat qilgan jamoaning ishonchli vakili bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, "Chelsi"da Silva o‘rniga yosh va talantli o‘rinbosarlar ko‘p. Shu sabab yaxshi taklif evaziga Silva sotilishi mumkin. Futbolchi Italiya, Fransiya va Angliyada muvaffaqiyatli edi. Endigi navbat esa Ispaniyaga, dunyoning eng mashhur jamoalaridan birida o‘zini sinab ko‘rishga yetdi. Anchelotti uchun u, hech bo‘lmaganda bir mavsumlik yechim bo‘la olgan bo‘lardi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:01, 14.08.2023.
O'qildi: 4121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz